SSV COVID-19ga chalingan bemor jasadi shifoxonada nega 15 soat qolganiga izoh berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishBrigada skoroy meditsinskoy pomoshi vozle bolnisi dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus
Brigada skoroy meditsinskoy pomoshi vozle bolnisi dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli fuqaro 29-iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga murojaat qilgan

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. "Koronavirusdan vafot etgan bemor murdasi 15 soat shifoxona ichida turdi" mazmunida tarqatilgan videomurojaatga Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 2-iyul asosiy xabarlari

Qayd etilishicha, mazkur videomurojaat G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya bo‘limi (reanimatsiya emas) navbatchi hamshirasi tomonidan tarqatilgan. Bu hamshira reanimatsiya bo‘limiga olib kelinganidan so‘ng koronavirusga chalingani aniqlangan bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish va vafotidan keyin uni dafn etish jarayonlariga aralashmagan.

Avval xabar qilinganidek, G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli S.H. shu yilning 29-iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgan. G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Bemor reanimatsiya bo‘limiga og‘ir ahvolda "Tez tibbiy yordam" mashinasida olib kelingan. U va yaqinlari "Tez tibbiy yordam" shifokoriga Toshkent viloyatiga borib kelishganini aytishmagan.

Karantinniy sentr v Kommunarke  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusning yengil shaklini uyda davolash uchun tavsiyanoma ishlab chiqildi

Bemor qandli diabet kasalligi bilan og‘riganligini ma’lum qilganligi sababli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga emas, zudlik bilan reanimatsion muolaja ko‘rsatish maqsadida uni jonlantirish bo‘limiga keltirilgan. Navbatchi shifokor tomonidan infeksionist chaqirtirilgan. Mutaxassislar COVID-19ga gumon qilganligi sababli bemordan surtma olingan va viloyat virusologiya labarotoriyasiga yuborilgan. Bemor darhol izolyatsiya qilinib, davolash jarayoniga jalb etilgan.

Mutaxassislar tomonidan standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor 2020-yil 30-iyun kuni o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan. Undan olingan surtma respublika virusologiya laboratoriyasida takroriy COVID-19 tahlilidan o‘tkazilgan va musbat natija aniqlangan.

O‘lim qayd etilganidan so‘ng marhum barcha sanitariya qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda dafn etilgan. U bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi karantin nazoratiga olingan.

Shtab-kvartira VOZ v Jeneve. - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda koronavirus pandemiyasi tezlashmoqda – JSST rahbari

Karantinga olingan fuqarolardan faqatgina bir nafar shifokor va bir nafar hamshira bemor bilan muloqotda bo‘lishgan.
Belgilangan tartiblarga asosan marhumning jasadini dezinfeksiya qilingan holda dafn etish choralari belgilangan.

Maxsus virusologik laboratoriya tahlili chiqqunicha (bu jarayon ma’lum vaqt talab etadi), dezinfeksiya va dafn etish tadbirlari tashkil etilguniga qadar jasad reanimatsiya bo‘limi izolyatsiya xonasida saqlab turilgan. Shundan so‘ng marhumning jasadi viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida "Tez yordam" maxsus mashinasida olib borilib, dafn etilgan. Marhumni davolashda, jasadni dezinfeksiya qilishda va dafn etishda hamshira va shifokorlardan hech kim ishtirok etmagan.

G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli karantindagi tibbiyot xodimlariga 30-iyun kuni jami 45 million so‘mlik tibbiy buyumlar, himoya kiyimlari va dori-darmon vositalari yetkazilgan.

Tuman hokimligi tomonidan karantindagi fukorolarni ovqatlantirish uchun 44,5 million so‘m ajratilmoqda.

Karantin hududida barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Karantinda ishlaydigan tibbiyot xodimlariga ish haqiga qo‘shimcha tarzda 6 foizlik rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lab beriladi.

Yangiliklar lentasi
0