Siyosat

Shubhasiz va qonuniy. Pamfilova ovoz berish natijalariga sharh berdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishPodschet golosov po itogam golosovaniya po popravkam v Konstitutsiyu RF
Podschet golosov po itogam golosovaniya po popravkam v Konstitutsiyu RF - Sputnik Oʻzbekiston
"Ovoz berish maʼlumotlari ishonchli va ovoz berish natijalarining qonuniyligi shubhasizdir", - dedi Pamfilova MSK yigʻilishida.

TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik. Markaziy Saylov Komissiyasi rahbari Ella Pamfilova RF Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartishlar boʻyicha ovoz berishning qonuniyligi va uning ishonchliligi haqida maʼlum qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Rossiya Konstitutsiyasiga tuzatishlar: sobiq SSSR davlatlarida ovoz berish jarayoni qanday oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiya Konstitutsiyasiga tuzatishlar: sobiq SSSR davlatlarida ovoz berish jarayoni qanday oʻtdi

"Ovoz berish maʼlumotlari ishonchli va ovoz berish natijalarining qonuniyligi shubhasizdir", - dedi Pamfilova MSK yigʻilishida.

Rossiyada mamlakatning asosiy qonuniga kiritilajak oʻzgartirishlar boʻyicha ovoz berish 25 iyundan 1 iyulgacha boʻlib oʻtdi. Protokollarni 100% qayta ishlanishi natijalariga koʻra, rossiyaliklarning 77,92% oʻzgartirishlar tarafdori, 21,27% esa qarshi ovoz berdi. MSK Axborot markazida berilgan maʼlumotlarga koʻra, ovoz berishda saylovchilarning 67,97 foizi ishtirok etdi.

Avvalroq Sputnik radiosi, Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qachon Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida farmonni qachon imzolashi haqida xabar bergan edi.

Gʻarbning oʻzgartirishlarga tanqidi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan suhbatda, Kreml Gʻarbning konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi xavotirlari haqidagi bayonotlarini eʼtiborga olishga tayyor emasligini va Rossiya oʻz suverenitetiga sodiq qolishini maʼlum qildi.

Podschet golosov po itogam golosovaniya po popravkam v Konstitutsiyu RF - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Netsetsk avtonom okrugi nima sababdan Konstitutsiya oʻzgarishiga qarshi boʻldi

“Ha, biz ular bilan tanishmiz, lekin biz ularni hisobga olishga tayyor emasmiz. Rossiya, shubhasiz, xalqaro huquqning asoslari va meʼyorlariga, xalqaro huquqning ruhi va negiziga sodiq qolgan, qolmoqda va bundan keyin ham sodiq qoladi. Lekin shu bilan birga, avvalambor oʻz suverenitetiga sodiq qoladi”, - deb javob berdi Peskov, Kreml, xorijiy hamkorlarining oʻzgartirishlar qabul qilingandan keyin Vladimir Putin 2036 yilgacha hokimiyatda qolishidan havotirda ekanligidan habari bormi degan savolga.

Uning soʻzlariga koʻra, bu hech qanday tarzda xalqaro huquqqa zid kelmaydi. “Bundan tashqari, bu kabi qoidalar bir qator davlatlarda ham qoʻllaniladi. Yana bir bor takrorlayman, biz bu kabi havotirlarga tayyor emasmiz va ularni hisobga olmaymiz”, - deya xulosa qildi Peskov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala