Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9200 taga yaqinlashdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishTestirovaniye na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo
Testirovaniye na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi kasallanish holatlarining 48 tasi Toshkent shahrida qayd etilgan: 32 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida topilgan.

TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 121 nafarga oshdi va 9199tani tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Novыy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus RNKsini aniqlaydigan test ishlab chiqildi

Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 48 nafari Toshkent shahrida (shundan 32 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 6034 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sogʻaygan.

Hozirda Oʻzbekistonda 3138 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 16 nafari ogʻir, 8 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. BSST taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda 10,5 million kasallanish holatlari qayd etilgan, 512 mingdan ziyod inson vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala