Dunyoda

Chegaralar ochilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin - BSST ogohlantiruvi

© United States Mission GenevaFlag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ)
Flag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik Oʻzbekiston
BSST maʼlumotlariga koʻra, pandemiya vaqtida dunyoda aniqlangan koronavirusga chalinish holatlari 10 million yetti yuz mingdan oshgan. COVID-19 oqibatida 517 877 kishi hayotdan koʻz yumgan.

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. Mamlakatlar koronavirusga qarshi choralar koʻrmasdan oʻz chegaralarini ochsa, epidemiologik holat eng yomon stsenariy boʻyicha rivojlanishi mumkin, dedi BSSTning sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda holatlar boʻyicha dasturi direktori Maykl Rayan.

Gorojane v jarkiy den na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Jazirama Oʻzbekistonni koronavirusning ikkinchi toʻlqinidan qutqaradimi - ekspert

Unga koʻra, chegaralar ochilishi oqibatida kasallar soni oshishi ehtimoliy holatlarini jilovlay olish uchun davlatlar oʻz sogʻliqni saqlash tizimlarini qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratishlari kerak.

"Ikkinchi toʻlqin boʻlishi haqida aniq toʻxtam yoʻq. Bu bizning koronavirus va respirator viruslari haqida bilganlarimizga asoslangan ilmiy taxminlarimizdir. Hozirda dunyoning turli davlatlarida yuz berayotgan holatlar - bu ikkinchi toʻlqin emas. Bu birinchi toʻlqinning ikkinchi avj olishi jarayoni. U virus yaxshi bostirilmagan hududlarda boʻyin koʻrsatmoqda", - degan Rayan.

Rossiya koronavirusga qarshi vaktsinani jahon bozoriga yetkazib berishga tayyor >>>

Bunday viruslar odamlarning mavsumiy harakatlanishiga bogʻliq boʻladi, odamlar zich joylashgan va nisbatan past temperaturalarda katta tezlikda tarqalish xususiyatiga ega.

BSST maʼlumotlariga koʻra, pandemiya vaqtida dunyoda aniqlangan koronavirusga chalinish holatlari 10 million yetti yuz mingdan oshgan. COVID-19 oqibatida 517 877 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Janubiy Koreya koronavirus tarqalishining ikkinchi toʻlqini haqida eʼlon qildi >>>

Infektsiya tarqalishi eng koʻp Shimoliy va Janubiy Amerikada (5 445 710) va Yevropada (2 737 689) kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala