Xorazmlik qiz intim-shantajchi qurboniga aylandi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tovlamachi shaxsiy ma’lumotlarni tarqatmaslik evaziga 15 million 860 ming so‘m pul berilishini talab qilgan

TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. Xorazmda tanish ayolni uning shaxsiy suratlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, katta summa talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Devushka stoit u okna - Sputnik O‘zbekiston
Minglab qizlarning intim suratlari internetda ochiq tarzda paydo bo‘ldi

30 yashar tovlamachi Xorazm viloyati IIB hamda Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir jarayonida qo‘lga olingan.

U o‘zining 22 yoshli tanishini uning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni, fotosurat hamda video tasvirlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitgan. Ma’lumotlarni tarqatmaslik evaziga 15 million 860 ming so‘m pul berishini talab qilib, pullarni qiz va uning onasidan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.R., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni Urganch shahri 2-son IIB huzuridagi Tergov guruhi olib bormoqda.

Sh.R. JKning 165-moddasi 2-qismi "a" (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik) bandi bilan gumon qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov jarayonida Sh.R. ayblanuvchi tariqasida ishda jalb qilinib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0