Migratsiya

Putin Rossiya migrantlar oqimiga muhtojligini aytdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMoskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley
Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga taʼlim olishga tayyor yoki muayyan malaka yoxud kasbga ega boʻlgan yoshlar kerakligini alohida taʼkidladi

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Rossiya iqtisodiy rivojlanish uchun migrantlar oqimiga ehtiyoj sezadi, deb bayonot qildi prezident Vladimir Putin RF Konstitutsiyasiga kiritiladigan tuzatishlarlarni tayyorlash boʻyicha ishchi guruhi aʼzolari bilan uchrashuvda.

Direktor Tsentra izucheniya migratsionnoy politiki Instituta gosudarstvennoy slujbы i upravleniya (IGSU) RANXiGS Viktoriya Ledenyova - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Chegaralar ochilgandan keyin Rossiyaga migrantlar oqimi qanday oʻzgaradi - mutaxassis prognozi

"Rossiya migrantlar oqimidan manfaatdor, ammo mamlakatga zarur boʻlgan oqimdan. <...> Rossiya yangi fuqarolar oqimiga muhtoj, chet davlatlardan odamlarni jalb qilishga ehtiyoji bor. <...> Iqtisodga toʻxtaladigan boʻlsak, shu narsa ayonki, iqtisod rivojlanishi bilan - bizda ishchi kuchi yetishmay qoladi: bu holat tez kunda seziladi - ishchi kuchi zarur", - deb aytgan Rossiya yetakchisi.

Putin ishchi kuchi yetishmasligini mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga toʻsiq boʻladigan obʼyektiv sabab hamda jiddiy muammolarning biri sifatida koʻrsatgan.

Rossiya prezidenti mamlakatga taʼlim olishga tayyor yoki muayyan malaka yoxud kasbga ega yoshlar kerakligini taʼkidlagan.

Shu bilan birga, prezident, jalb etilayotgan migrantlar oqimi Rossiya fuqarolari huquqlarini buzmasligi yoki cheklamasligi zarurligini qayd etgan.

Putin shuningdek, Rossiya rus tili va madaniyati tashuvchilari oqimiga uch karra muhtojligini qoʻshimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala