TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. 4 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:52 da Tojikistonda zilzila sodir boʻldi. Yer qimirlashi Oʻzbekiston hududida ham sezildi.
"Zilzila koordinatalari: 38,92 gradus shimoliy kenglik; 70,99 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 301 km janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha", - deyiladi FVV xabarida.
Zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida :
Toshkent: 301 km, 3 ball.
Namangan: 238 km, 3 ball.
Andijon: 237 km, 3 ball.
Fargʻona: 176 km, 4 ball.
Guliston : 257 km, 3 ball.
Jizzax: 301 km, 3 ball.
Samarqand : 356 km, 3 ball.
Buxoro : 572 km, 2 ball.
Termiz : 376 km, 3 ball.
Qarshi : 450 km, 2 ball.
Navoiy : 498 km, 2 ball.
Oʻzbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi, deb xabar qiladi FVV.