Iqtisod

Jahon banki Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashish uchun 95 mln $ ajratadi

Kredit "Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infektsiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish" loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga ajratiladi

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. Jahon banki Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashish uchun 95 mln dollar ajratadi.

Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekiston iqtisodiyoti boʻyicha prognozini pasaytirdi

Mablagʻ tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kam taʼminlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishga yoʻnaltiriladi.

Kredit "Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infektsiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish" loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Sal oldin Janubiy Koreya hukumati Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 5 million dollar miqdorida favqulodda yordam koʻrsatishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala