Jizzaxda dahshatli YTH: ikki kishi qurbon bo‘ldi, uch nafari reanimatsiyada

© MVD RUzAvariya v Djizzakskoy oblasti
Avariya v Djizzakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Neksiya" haydovchisi avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan "Damas" bilan to‘qnashgan.

TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. Jizzaxda yuz bergan dahshatli avariya oqibatida ikki kishi vafot etdi, uch nafari esa jonlantirish bo‘limiga tushdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Rulda uxlab qoldi: “Qamchiq” dovonida jiddiy YTH sodir bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, yo‘l transport hodisasi Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Oqtom MFY hududidan o‘tgan 4R-40 "G‘allaorol-O‘smat" yo‘lining 40 kilometrida yuz bergan.

"Nexia" haydovchisi G‘allaorol yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan "Damas" bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, "Damas" yo‘lovchilari 42 yoshli E.S., va 47 yoshli Sh.E.lar tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

"Nexia" haydovchisi va uning ikki nafar yo‘lovchilari G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0