Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9,5 mingga yetdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishTestirovaniye na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo
Testirovaniye na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirusga chalinganlarning 35 nafari Toshkent shahrida aniqlangan. Shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida topilgan

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 104 nafarga koʻpaydi va 9500tani tashkil qilmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev Sogʻliqni saqlash vazirligida muhim tayinlovlarni amalga oshirdi

Yangi kasallanish holatlarining 36 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 35 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida), 25 nafari Toshkent viloyatida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) aniqlangan.

Ayni paytda Oʻzbekistonda 6251 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3220 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 16 nafari ogʻir, 8 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala