Jamiyat

Koronavirus bilan kasallangan yana bir toshkentlik vafot etdi

© Sputnik / Tatyana Makeyeva / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik podklyuchayet patsiyenta k apparatu IVL v statsionare dlya bolnыx s koronavirusnoy infektsiyey na baze Tverskoy oblastnoy klinicheskoy bolnitsы.
Meditsinskiy rabotnik podklyuchayet patsiyenta k apparatu IVL v statsionare dlya bolnыx s koronavirusnoy infektsiyey na baze Tverskoy oblastnoy klinicheskoy bolnitsы. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirusning 32-qurboni qayd etildi. Bugun kasallangan Shayxontohur tumanida yashovchi 71 yoshli M.G. vafot etdi.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusdan 32-oʻlim qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi, 71 yoshli onaxon M.G. joriy yil 30 iyun kuni koronavirus aniqlanganligi sababli Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Vo vsex istoricheskix obʼyektax Samarkanda ustanovlenы dezinfitsiruyuщiye tuneli. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tun davomida 121 kishida koronavirus tasdiqlandi

Unga “yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya ogʻir kechishi, oʻtkir nafas yetishmovchiligi” tashxisi qoʻyilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. Soʻnggi bir oy ichida esa rejali gemodializ muolajalarini olishni boshlagan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida oʻtkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir yurak-qon tomir va oʻpka yetishmovchiligidan vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala