Dunyoda

Koronavirusga qarshi 3 ta dori sinovi toʻxtatildi – JSST qarori

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishSotrudnitsa v laboratorii po analizu DNK
Sotrudnitsa v laboratorii po analizu DNK - Sputnik Oʻzbekiston
Gap gidroksixloroxin (bezgakka qarshi dori), lopinavir va ritonavir (OIVni davolashda qoʻllaniladi) haqida bormoqda.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusga qarshi 3 ta dori sinovini toʻxtatdi. Bu haqda JSST matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Gap gidroksixloroxin (bezgakka qarshi dori), lopinavir va ritonavir (OIVni davolashda qoʻllaniladi) haqida bormoqda.

Ispыtaniye vaktsinы ot koronavirusa v RF - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada sinovdan oʻtayotgan uch xil vaktsina oʻz samaradorligini koʻrsatdi

Qaror Birdamlik sinovlari Xalqaro boshqaruv qoʻmitasining tavsiyasiga binoan qabul qilingan.

Ushbu dorilar hamda remdesivir va interferon sinovlari mart oyidan buyon oʻtkazilayotgan edi. Unda 4,5 mingdan ziyod koʻngillilar ishtirok etishgan. Sinovlarning dastlabki natijalari gidroksixloroxin va lopinavir/ritonavir koronavirus bilan kasallanganlar orasida oʻlim holatlarini kamaytirmasligini koʻrsatgan. 

Eslatib oʻtamiz, Rossiyadagi birinchi COVID-19 koronavirus infektsiyasiga qarshi dori “Avifavir” mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan maʼqullangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala