Mashhur reper AQSh prezidenti lavozimi uchun kurashmoqchi

© REUTERS / ANDREW KELLYKanye Uest i Kim Kardashyan na Met Gala
Kanye Uest i Kim Kardashyan na Met Gala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda prezident saylovlari noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Prezident kursisi uchun Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden asosiy da’vogar sanaladi.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Rep yo‘nalishida ijod qiluvchi amerikalik qo‘shiqchi Kanye Uest AQSh prezidenti poygasida ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qildi.

“Endi biz Xudoga ishonib, qarashlarimizni birlashtirib va kelajagimizni barpo etib Amerika umidini ro‘yobga chiqarishimiz lozim. Men Qo‘shma Shtatlar prezidenti lavozimiga o‘z nomzodimni qo‘yaman”, - deya yozgan Kanye Uest tvitterdagi sahifasida.

U aynan qaysi yili davlat rahbari lavozimi uchun kurashmoqchi ekaniga aniqlik kiritmagan. Ammo xabariga #2020VISION xeshtegini ilova qilgan.

Ta’kidlash joizki, bu reperning shunga o‘xshash birinchi bayonoti emas. Avvalroq u 2024-yilda prezident kursisi uchun kurashmoqchi ekani haqida gapirgandi.

Uest ilgari Trampning faol tarafdori ekanligini bilan ma’lum edi va bir necha marta shaxsan prezident bilan uchrashgan.

Kanye Uest – amerikalik reper, produser, bastakor va dizayner.  

Noyabrda rejalashtirilgan saylovlarda prezident lavozimi uchun amaldagi prezident Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden da’vogarlik qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0