Dunyoda

OAV: amerikalik diplomatlar Saudiya Arabistonini tark etadi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Fotobankka oʻtishVid goroda Er-Riyad - stolitsы Saudovskoy Aravii
Vid goroda Er-Riyad - stolitsы Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston
Nashrning yozishicha, yaqin kunlarda yana bir qancha amerikalik diplomatlar Saudiya Arabistonini tark etishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Oʻnlab amerikalik diplomatlar Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanish tobora koʻpayayotgani ortidan podshohlikni oʻz oilalari bilan birga tark etishmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri oʻz manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, AQSH Davlat departamenti oʻtgan hafta bir necha xodimga mamlakatni tark etishga ruxsat bergan. Yaqin kunlarda yana bir qancha diplomatlar Saudiya Arabistonini tark etishi kutilmoqda.

AQSH vakillarining soʻzlariga koʻra, AQSH elchixonasining kamida 30 xodimida koronavirus aniqlangan. Ulardan koʻpchiligi AQSH fuqarolari emas. Ular mart oyidan buyon uydan ishlab kelayotganlariga qaramasdan virus yuqtirib olishgan.

Vo vsex rыnkax pri vxode ustanovlenы dezinfektsionnыe tunneli dlya posetiteley - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus Markaziy Osiyoda: Qirgʻiziston qurbonlar soni boʻyicha Tojikistonni ortda qoldirdi

Nashrning yozishicha, iyun oyida elchixona haydovchisi koronavirusdan vafot etgan. Keyinchalik diplomat oilasi aʼzolaridan biri kasalxonaga qabul qilinmagan. Elchixona aralashishiga toʻgʻri kelgan.

Bir qator amerikalik diplomatlar ham Saudiya Arabistonidagi koronavirus bilan bogʻliq vaziyatdan xavotir bildirgan va podshohlik hukumati yangi kasallanish holatlari sonini kamaytirib koʻrsatishi mumkin deb hisoblamoqda.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Saudiya Arabistoni dunyoda aniqlangan koronavirus holati boʻyicha 13-oʻrinda qayd etilgan. Podshohlikda 205 mingdan ziyod koronavirus holati aniqlangan. 143 mingdan ziyod kishi kasallikni yenggan. 1858 kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala