OAV: amerikalik diplomatlar Saudiya Arabistonini tark etadi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishVid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii
Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nashrning yozishicha, yaqin kunlarda yana bir qancha amerikalik diplomatlar Saudiya Arabistonini tark etishi kutilmoqda.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘nlab amerikalik diplomatlar Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanish tobora ko‘payayotgani ortidan podshohlikni o‘z oilalari bilan birga tark etishmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri o‘z manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, AQSh Davlat departamenti o‘tgan hafta bir necha xodimga mamlakatni tark etishga ruxsat bergan. Yaqin kunlarda yana bir qancha diplomatlar Saudiya Arabistonini tark etishi kutilmoqda.

AQSh vakillarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh elchixonasining kamida 30 xodimida koronavirus aniqlangan. Ulardan ko‘pchiligi AQSh fuqarolari emas. Ular mart oyidan buyon uydan ishlab kelayotganlariga qaramasdan virus yuqtirib olishgan.

Vo vsex rinkax pri vxode ustanovleni dezinfeksionnie tunneli dlya posetiteley - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus Markaziy Osiyoda: Qirg‘iziston qurbonlar soni bo‘yicha Tojikistonni ortda qoldirdi

Nashrning yozishicha, iyun oyida elchixona haydovchisi koronavirusdan vafot etgan. Keyinchalik diplomat oilasi a’zolaridan biri kasalxonaga qabul qilinmagan. Elchixona aralashishiga to‘g‘ri kelgan.

Bir qator amerikalik diplomatlar ham Saudiya Arabistonidagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirgan va podshohlik hukumati yangi kasallanish holatlari sonini kamaytirib ko‘rsatishi mumkin deb hisoblamoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni dunyoda aniqlangan koronavirus holati bo‘yicha 13-o‘rinda qayd etilgan. Podshohlikda 205 mingdan ziyod koronavirus holati aniqlangan. 143 mingdan ziyod kishi kasallikni yenggan. 1858 kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0