Siyosat

Toshkentdagi uchta OTMga yangi rektor tayinlandi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Adju universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti va Turin politexnika universiteti rektori oʻzgardi.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Toshkentdagi uchta OTMga yangi rektorlar tayinlandi. Vazirlar mahkamasining tegishli qarori 3 iyul kuni qabul qilindi.

Qaror bilan:

  • Gʻayrat Muratov Toshkent shahridagi Adju universitetining rektori etib;
  • Kamal Rizayev Toshkent farmatsevtika institutining rektori etib;
  • Jamshid Inoyatxoʻjayev Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turin politexnika universiteti Oʻktam Salomov rektori oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala