Dunyoda

Yaponiyadagi tabiiy ofat natijasida Oʻzbekiston fuqarolari jabrlanmadi

© Flickr / inu-photoGosudarstvennыy flag Yaponii
Gosudarstvennыy flag Yaponii - Sputnik Oʻzbekiston
Kuchli yomgʻir sabab Kumamoto va Kagosima prefekturalarida 200 mingdan oshiq odamlarni evakuatsiya qilish toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Yaponiyadagi kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida halok boʻlganlar va jarohatlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq. Bu haqda “Dunyo” AA mamlakatning Yaponiyadagi elchixonasi maʼlumotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Kuchli yomgʻir sabab Kumamoto va Kagosima prefekturalarida 200 mingdan oshiq odamlarni evakuatsiya qilish toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Yaponiya janubiy-sharqida kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida qurbon boʻlganlar soni 16 nafarga yetgan.

Mamlakat Milliy meteorologiya boshqarmasi daryolarning toshishi, koʻchkilar va hududlarni suv bosishi xavfi haqida ogohlantirmoqda. Mutaxassislar koʻra, Kumamoto prefekturasining baʼzi tumanlarida kuniga 479,5 mm yomgʻir yogʻdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala