Hodisalar

Qabriston yonida giyohvand moddasini tayyorlagan ikki yigit qoʻlga tushdi

© Sledstvennыy departament pri MVD RUzDvoye zaderjanы pri prigotovlenii narkotichesko sredstva
Dvoye zaderjanы pri prigotovlenii narkotichesko sredstva - Sputnik Oʻzbekiston
Ikki yigit Yuqori Chirchiq tumanidagi qabriston yonida nasha oʻsimligiga oʻxshash giyohvandlik moddasini qozonda qovurayotgan vaqtda ushlandi.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Toshkent viloyatida giyohvand moddasini tayyorlagan ikki yigit qoʻlga tushdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, 27 iyun kuni Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari “Qora dori-2020” tadbirini oʻtkazgan. Unda 22 yoshli B.SH. va S.I.lar Yuqori Chirchiq tumani Baliqchi mahallasidagi qabriston yonida joylashgan dala maydonida nasha oʻsimligiga oʻxshash giyohvandlik moddasini qozonda qovurayotgani aniqlangan.

Meropriyatiye po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv  - Sputnik Oʻzbekiston
DXX 620 kilodan ortiq narkotikni yoqib yubordi

Sudga oid kimyoviy ekspertizasi xulosasiga koʻra, olingan  modda giyohvandlik vositasi. U vazni 1506 gramm boʻlgan marixuana. 

Tergov harakatlari davomida B.SH. va S.I.lar ushbu  giyohvandlik vositasini oʻzlari bir hafta davomida isteʼmol qilishlari uchun tayyorlayotganliklari aniqlangan.

Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala