O‘zbekiston Qirg‘izistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

© Press-slujba pravitelstva Kirgizskoy Respubliki Uzbekistan napravil v Kirgizstan ocherednuyu partiyu gumanitarnoy pomoshi
Uzbekistan napravil v Kirgizstan ocherednuyu partiyu gumanitarnoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umumiy og‘irligi 8 tonnani tashkil etuvchi insonparvarlik yordami yuki aviaparvoz orqali barcha sanitariya-epidemiologiya meyorlariga rioya qilingan holda yetkazib berilgan.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida yana bir insonparvarlik yuki Qirg‘izistonga yetib bordi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uzbekistan napravil gumpomosh Kirgizstanu - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborildi

Ta’kidlanishicha, ushbu insonparvarlik yordami tarkibida 50 komplekt kislorodning mobil konsentratori va 100 dona sun’iy nafas oldirish apparati bor.

Umumiy og‘irligi 8 tonnani tashkil etuvchi insonparvarlik yordami yuki aviaparvoz orqali barcha sanitariya-epidemiologiya meyorlariga rioya qilingan holda yetkazib berilgan.

Qirg‘iziston hukumati ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Qirg‘izistonga bundan avval ham yordam jo‘natgan edi.

Yangiliklar lentasi
0