Jamiyat

Koronavirus qurbonlari, ikkinchi toʻlqin va niqob masalasi - SSV vakili bilan intervyu

© Sputnik / Tatyana Makeyeva / Mediabankka oʻtishRabota medikov s bolnыmi COVID-19
Rabota medikov s bolnыmi COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik farovonlik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Botirjon Qurbonov respublikada koronavirusga qarshi kurash qay tarzda kechayotgani va nega oʻlim holatlari keskin koʻpaygani haqida gapirdi

- Soʻnggi paytlarda oʻlim va kasallanish holatlari soni koʻpaydi. Bu fuqarolarni olib kirilishi oqibatlarimi yoki virusning mutatsiyaga uchragani yoki boshqa sabablar bormi?

Vo vsex rыnkax pri vxode ustanovlenы dezinfektsionnыe tunneli dlya posetiteley - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus Markaziy Osiyoda: Qirgʻiziston qurbonlar soni boʻyicha Tojikistonni ortda qoldirdi

- Bu tabiiy jarayon. Koronavirus pandemiyasi nafaqat Oʻzbekiston, balki butun dunyoda kuzatilmoqda. Har kuni maʼlum miqdordagi bemorlar aniqlanadi, ularning asosiy qismi boshqa mamlakatlardan kelgan fuqarolardir. Kasallik darajasi karantinga olinganlar orasida 60-70% ni tashkil etadi. Qolaversa, fuqarolarning oʻz vaqtida murojaat qilmasliklari sababli kasallanish va vafot etish holatlari koʻpaymoqda. Agar oʻz vaqtida tashxis qoʻyilsa va oʻz vaqtida choralar koʻrilsa, vaziyat unchalik ayanchli boʻlmasdi. Lekin oʻlim darajasini boshqa mamlakatlar koʻrsatkichlari bilan taqqoslasak, bizdagi koʻrsatkich keskin past. Soʻnggi hafta ichida Oʻzbekistonda 10 ta oʻlim holati aniqlandi, ammo boshqa mamlakatlarda bu miqdor kuniga yuzlab nafarni tashkil qilmoqda.

- Yaqindan buyon bemorlarga uyda davolanish imkoniyati berildi. Sizningcha, uyda davolanishga ruxsat, bemorlar orasida intizom yoʻqolishiga olib kelmaydi? Bunday holatlarda, uydagi izolyatsiya qanday nazorat qilinadi?

Meditsinskiy rabotnik podklyuchayet patsiyenta k apparatu IVL v statsionare dlya bolnыx s koronavirusnoy infektsiyey na baze Tverskoy oblastnoy klinicheskoy bolnitsы. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus bilan kasallangan yana bir toshkentlik vafot etdi

- Biz bu haqda koʻp oʻyladik, masalani hal qilyapmiz, qaysi maʼnodaki, uyda davolanayotganlarning gigiyenik choralari epidemiologik markaz talablariga mos keladimi-yoʻqmi oʻrganyapmiz. Chora-tadbirlar boʻyicha barcha zarur tavsiyalarni bugungi kunda malakali virusolog shifokorlardan onlayn rejimda olish mumkin. Agar bemor oʻzini yomon his qilsa yoki isitma qila boshlasa, uni kasalxonaga olib kelish va davolash tadbirlari amalga oshiriladi.

- Shifokorlar xavfsizligi qanday taʼminlanmoqda? Soʻnggi paytlarda bu haqda koʻplab munozaralar, daʼvolar yangramoqda. 

Lecheniye bolnыx s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bir necha soat ichida ikkinchi poytaxtlik koronavirusdan vafot etdi

- Toʻgʻri, soʻnggi paytlarda bemorlarni davolayotgan shifokorlar shaxsiy himoya vositalariga muhtojligi, ular kasallangan taqdirda oʻz vaqtida roʻyxatga olinmayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Lekin bular haqiqatdan yiroq. Koronavirus oqibatida vaqot etayotgan odamlar kasallik haqida kechiktirib xabar berganliklari tufayli vaziyat shunday ayanchli tus oladi. Ammo shaxsiy gigiyena vositalariga kelsak, laborantdan tortib to vrachgacha boʻlgan barcha xodimlar bunday vositalar bilan taʼminlangan. Hatto ishlatilgan shaxsiy himoya vositalarini yoʻq qilish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Bitta kompaniya bilan shartnoma asosida va har bir tibbiy muassasadan, ushbu chiqindilar yigʻilib, utilizatsiya qilinmoqda.

- Mahalliy yoki xorijiy vaktsinalar yoki dorilarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha biron bir harakat bormi? Bu borada biron bir siljish bormi?

- Ha, albatta. Oʻzbekiston COVID-19 virusining RNK-ni aniqlash boʻyicha oʻzining test tizimini ishlab chiqdi,  mahalliy ishlab chiqaruvchi ham RNKni ajratib beradigan reaktivni ishlab chiqdi. Vaktsinalarni ishlab chiqishga kelsak, bizning virusologiya instituti olimlari RF virusologiya instituti bilan birgalikda bir qator tadqiqotlarni oʻtkazmoqdalar. 

Sotrudnitsa v laboratorii po analizu DNK - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirusga qarshi 3 ta dori sinovi toʻxtatildi – JSST qarori

- Bunday beqaror vaziyatda epidemiya yana qancha davom etishi mumkin?

- Butun dunyoda COVID-19 bilan bogʻliq ogʻir vaziyat menimcha, koʻpam uzoqqa choʻzilmaydi. Nega deganda, birinchi vaqtlari bemorni qayerga joylashtirishni bilmas edik, ayni vaqtda unday emas. Epidemiologik vaziyat barqarorlashayotgani barchaga ayon. Mamlakat prezidenti koronavirusga qarshi chora-tadbirlar toʻgʻrisida alohida qarorlar imzoladi,  Vazirlar Mahkamasi qoshida COVID-19ga qarshi kurashish boʻyicha respublika maxsus komissiyasi tuzildi, unga bosh vazir rahbarlik qiladi. Maʼlumotlar kunlik kelib tushadi, ular jamlanadi va tahlil qilinadi, komissiya tarkibiga kiruvchi vazirliklar tomonidan nazorat qilinadi va komissiya maʼlumotlarni tahlil qilib, chora-tadbirlarni qaysi sohada yoki muassasada kuchaytirish yoki yumshatish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. 

Vo vsex istoricheskix obʼyektax Samarkanda ustanovlenы dezinfitsiruyuщiye tuneli. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tun davomida 121 kishida koronavirus tasdiqlandi

- Maʼlumki, chegaralar ochilmoqda va maʼlum boʻlishicha, biz hozirda birinchi toʻlqinning ikkinchi choʻqqisidamiz. Hamma gapirayotgan ikkinchi toʻlqin chegaralar ochilishi bilan sodir boʻlishi mumkin emasmi?

- Ayni paytda biz bu haqda koʻp oʻylamoqdamiz: yaʼni qanday mexanizm ishlab chiqish va amalga oshirish mumkinligi haqida. Chegaralarni ochmaslik iqtisodiy holatni tang ahvolga keltirishi mumkin. Demak, eng yaxshi sinalgan chora, bu kasallik koʻp aniqlangan joylarda karantin choralarini kuchaytirish. Shuningdek, bizda ushbu infektsiyani tartibga solish va oʻz vaqtida aniqlash, unga qarshi turish boʻyicha imkoniyat bor.

- Hozirgi jazirama kunlarda niqobda yurish koʻpchilikka qiyinchilik tugʻdirmoqda. Odamlar maskalardan charchagan. Nima deysiz, niqoblar turmush tarzimizning bir boʻlagiga aylanadimi yoki bir muncha vaqt oʻtgach, ulardan voz kechishga ruxsat beriladimi?

Novыy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus RNKsini aniqlaydigan test ishlab chiqildi

- Niqobni profilaktika maqsadida taqish COVID-19ni tarqalish xavfini kamaytirishi ilmiy isbotlangan. Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Yaponiya Koreyada niqob taqishga qatʼiy amal qilindi va shuning uchun ularda kasallanish holatlari kamaydi. Shu bois ham har bir fuqaroga muntazam raqishda niqob taqish sogʻliq uchun foydali ekanligini tushuntiramiz. Epidemiologik farovonlik qachon taʼminlanadi – qachonki butun dunyo boʻylab chora-tadbirlarga rioya qilinishi taʼminlanganda.

Agar qoʻshnilarimizda yuqumli kasallik boʻlsa, xohlaymizmi yoki yoʻq, bizda ham xuddi shunday tahdid mavjud boʻladi. Qolaversa, ushbu infektsiya havo-tomchi usuli va nafas yoʻllari orqali yuqishini unutmaslik lozim. Niqob shunday holatlarda havo orqali kirishi mumkin boʻlgan infektsiyani qaytaradi. Shu bois, shaxsiy gigiyena qoidalariga bepisand boʻlmaslikka chaqiraman. 

Yangiliklar lentasi
0