Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni yubiley bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi zafarlar tiladi.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti – elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

“Davlatimiz rahbari suhbat avvalida Nursulton Abishevich Nazarboyevni yubiley bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi zafarlar tiladi”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Xabarda yozilishicha, elboshining zamonaviy Qozog‘istonni barpo etish, kuchli davlat boshqaruvi institutlari va milliy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, mamlakat raqobatbardoshligi, xalqaro nufuzini oshirishga va, eng muhimi, aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashga qaratilgan samarali ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi tarixiy roli alohida qayd etilgan.

Nursulton Nazarboyevning muvaffaqiyatli amalga oshirilgan yirik tashabbuslaridan biri – jadal rivojlanib borayotgan Qozog‘istonning “tashrif qog‘ozi”ga aylangan yangi poytaxt - Nur-Sulton shahriga asos solingani ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Nazarboyev bilan qator chora-tadbirlarni muhokama qildi

Elboshining global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, turli hududlardagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish, Markaziy Osiyoda integratsiyani kuchaytirish va barqaror taraqqiyotga erishish borasidagi tashabbuslari xalqaro hamjamiyatda keng e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonning birinchi prezidenti mamlakatlar o‘rtasidagi qardoshlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi.

Muloqot chog‘ida yetakchilar ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, pandemiyaning o‘zaro manfaatli hamkorlikka salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha o‘zaro yaqin muvofiqlashuv va sheriklikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Nursulton Nazarboyev 80 yoshni qarshi oldi.

Yangiliklar lentasi
0