Vashington ulkan muvaffaqiyatsizlikka uchradi - mutaxassis AQShning Turkiyaga bosimi haqida

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishIgor Korotchenko
Igor Korotchenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ishonchim komilki, bosim davom etadi, ammo u hech qanday natijaga olib kelmaydi. Turkiya bu masalada o‘z manfaatlarini juda yaxshi tushunadi - mutaxasis fikri.

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Harbiy mutaxassis va “Natsionalnaya oborona” jurnalining bosh muharriri Igor Korotchenko, AQSh boshidanoq Turkiya va RF o‘rtasida shartnoma imzolanishiga to‘sqinlik qilish uchun ko‘p harakat qilganini eslatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, usullarning turli xili ishlatildi - tahdidlar va qo‘rqitishlar, deb yozadi Sputnik Litva.

“Turkiyaga S-400 o‘rniga Yevropa va Amerika o‘zining zenit-raketa tizimlarini sotishga ko‘plab urinishlar bo‘ldi. Iqtisodiy sanksiyalar va siyosiy bosim, tahdid va qo‘rqitishlar arsenali juda katta bo‘lgan, - deydi Korotchenko.

Anqara esa, bu masala bo‘yicha o‘zini ehtiyotkor tutib, amerikaliklarning maqsadlari va o‘zining manfaatlarini juda yaxshi farqlay oldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bir necha bor o‘z mamlakati S-400 tizimlariga muhtojligini ochiqchasiga ta’kidladi.

Turkiyaga bosim o‘tkazishning eng so‘nggi bosqichi yaqinda ma’lum bo‘ldi. AQSh senatori Djon Tyun Vashington va Anqara o‘rtasidagi Rossiya zenit-raketa tizimlari bo‘yicha ziddiyatlarni hal qilish “usulini” oshkor etdi. U AQSh mudofaa budjetiga ushbu tizimlarni Turkiyadan sotib olish mumkinligini nazarda tutuvchi tuzatishlarni kiritdi. 

AQSh uchun, NATOga a’zo mamlakat ularning qurolidan voz kechgani, albatta, yoqimsiz, dedi Korotchenko.

“Bu Vashingtonning ulkan muvaffaqqiyatsizligi. Ishonchim komilki, bosim davom etadi, ammo u hech qanday natijaga olib kelmaydi. Turkiya bu borada juda ehtiyotkor va amerikaliklarning maqsadi va o‘zlarining manfaatlarini juda yaxshi tushunadi”, - deydi mutaxassis.

Korotchenko: SShA obidno, chto Tursiya otkazalas ot Patriot i vibrala S-400

 

Yangiliklar lentasi
0