Yaponiyada ilk bor nindzya-ustasi diplomi berildi - foto

© AFP 2020 / TOSHIFUMI KITAMURAYapones v kostume nindzya
Yapones v kostume nindzya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirq besh yoshli yaponiyalik Jenichi Mitsuxasi dunyoda birinchi marta nindzya-magistri diplomini qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Qirq besh yoshli yaponiyalik Jenichi Mitsuxasi dunyoda birinchi marta nindzya-magistri diplomiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Japan Times xabar qildi.

Erkak birinchi nindzya - klanining tarixiy vatanida joylashgan - Mi universiteti aspiranturasida ikki yil davomida tahsil oldi. U hujjatlarni o‘rganib, ma’ruzalarni tingladi va "jang san’ati amaliy jihatlarini to‘liq o‘rgandi".

"Nindzalar ertalab dehqonchilik qilishini, tushdan keyin esa jang san’ati bilan shug‘ullanishlarini o‘qidim. Men nafaqat ko‘p mashq qildim, balki sabzavot ham yetishtirdim. Qora kiyimli yollanma qotillar har tomonlama omon qolish qobiliyatiga ega bo‘lganlar", - dedi Mitsuxasi.

U kung fu va serinji-kempo nomi bilan tanilgan yapon jang san’atini o‘rgandi. Endi usta boshqalarga ninzya mahoratini o‘zining shaxsiy dojosida o‘rgatmoqda (yapon jang san’ati bo‘yicha mashg‘ulotlar, musobaqalar va imtihondan o‘tkazish joyi), mahalliy mehmonxonani boshqaradi va bir vaqtning o‘zida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlaydi.

2017 yilda Mi universitetida dunyoda birinchi nindzya tadqiqot markazini tashkil qilindi va bir yildan so‘ng magistratura ochildi. Yaponiya tarixi professori Yuji Yamada Mitsuxasining o‘z vazifasiga sodiqligini alohida e’tirof etdi.

Oliygohga o‘qishga kirish uchun talabalar Yaponiya tarixi va tarixiy hujjatlarni o‘qish qobiliyatiga ega bo‘lishi bo‘yicha imtihondan o‘tadi. Ta’lim muassasasi rahbari ta’kidlashicha, har yili faqat uch nafar  abituriyent o‘qishga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0