Yaponiyada kuchli toshqin va yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi – dron yordamida olingan video

Obuna bo‘lish
Kuchli yog‘ingarliklar natijasida Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarida toshqin va yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi.

Ofat oqibatlari videoga olindi: uylar, yo‘llar va ko‘priklar buzilgan.

Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, tabiiy ofat oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, o‘nga yaqin kishi bedarak yo‘qoldi.

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar orasida respublika fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0