Qrim ko‘prigi yana AQSh tomog‘idagi suyakka aylandi

© Sputnik / Konstantin Mihalchevskiy / Mediabankka o‘tishGruzovoy sostav na Krimskom mostu
Gruzovoy sostav na Krimskom mostu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Qora dengizdagi navigatsiyadan shunchalik tashvishlanmoqdaki, Qrim ko‘prigi ularning tomog‘ida suyak kabi turib qoldi. Biror joyda bironta muammo chiqsa, buning davosi bitta: sanksiyalar. Vashington ularni yumshatmaydi. Go‘yo kimdir bundan umid qilayotgandek.

Qrim ko‘prigi bo‘ylab yuk poyezdlari harakati boshlanganiga hali bir hafta bo‘lmadi, AQShning Kiyevdagi elchixonasi esa bunga o‘z munosabatini bildirdi. Go‘yoki, Rossiyaning qit’a va Qrimni bog‘laydigan “ruxsatsiz” ko‘prigi “navigatsiyaga xalaqit bermoqda”. Amerikaliklar Qora dengizdagi aynan qaysi kemalar bo‘yicha xavotirga tushgani aniq emas. Mabodo, unga vaqti-vaqti bilan kirib turadigan esmineslardan xavotirda emasmikin?

​Emishki, ko‘prik AQShga har kuni “Qrimni noqonuniy bosib olinishi va okkupatsiya”ni eslatib turar ekan, bu esa “kuchli sanksiyalar”ni saqlab qolishga sababdir. Birinchidan, Qrim aholining xohish-istagiga binoan, referendum natijasida Rossiya tarkibiga qaytgan. Ikkinchidan, hech kim AQShning sanksion ambitsiyalaridan shubhalanmaydi. AQSh bu bilan hayratlantirmadi. Ammo elchixonani tushunsa bo‘ladi, tvitterda biror munosabat bildirish kerak-ku axir. Buning o‘zi Amerikaning siyosiy qaramligini ko‘rsatadi.

Vashingtonni, shuningdek, yuk poyezdlari Qrimga qurilish materiallarini olib kelishi ham qayg‘uga solmoqda. Bu esa ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar qurib bitkazilishini anglatadi. Don, neft mahsulotlari, qurilish materiallari, kimoviy o‘g‘itlar va metallni tashish narxi o‘rtacha ikki baravarga kamayadi. Bo‘shagan mablag‘lar esa rossiyaliklar orasida sayyohlik yo‘nalishi sifatida katta talabga ega bo‘lgan mintaqani rivojlantirishga yo‘naltirilishi mumkin. Chet elliklar ham unga e’tiborini qaratishmoqda.

Muallif Mila Juravleva, Sputnik radiosi

Yangiliklar lentasi
0