Abu Saxiy bozori savdo xodimlarida koronavirus aniqlandi

© REUTERS / StringerRinok Abu-Saxiy v Tashkente
Rinok Abu-Saxiy v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha ma’muriyat ishchilari va savdo xodimlarida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan.

TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Tashkent Trade Center" (Abu Saxiy) savdo markazi vaqtincha yopildi, deb xabar bermoqda Chilonzor hokimligi matbuot xizmati.

Sotrudnik izbiratelnogo uchastka №323 v Kazani, gde proxodit golosovanie po voprosu odobreniya izmeneniy v Konstitutsiyu RF, dezinfitsiruyet kabinku dlya golosovaniya - Sputnik O‘zbekiston
"Karantin bahonasida": Namanganda mansabdorlar katta miqdorda davlat mablag‘larini o‘mardi

Ta’kidlanishicha, koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan rejali profilaktik tadbirlar davomida Chilonzor tumanida joylashgan "Tashkent Trade Center" (Abu Sahiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi.

Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha ma’muriyat ishchilari va savdo xodimlarida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan.

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, "Tashkent Trade Center" (Abu Sahiy) savdo markazi profilaktika tadbirlarini o‘tkazish uchun vaqtincha yopildi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 10 459 nafarni tashkil etmoqda. Bugun 38 o‘lim holati qayd etildi.

6628 kishi tuzalishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0