"Karantin bahonasida": Namanganda mansabdorlar katta miqdorda davlat mablag‘larini o‘mardi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSotrudnik izbiratelnogo uchastka №323 v Kazani, gde proxodit golosovanie po voprosu odobreniya izmeneniy v Konstitutsiyu RF, dezinfitsiruyet kabinku dlya golosovaniya
Sotrudnik izbiratelnogo uchastka №323 v Kazani, gde proxodit golosovanie po voprosu odobreniya izmeneniy v Konstitutsiyu RF, dezinfitsiruyet kabinku dlya golosovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvi davomida aniqlangan.

TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Namanganda sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazidagi talon-tarojliklar fosh etildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Mansabdorlar elektr jihozlar xarid qilish bahonasida 5,4 mlrd so‘mni talon-taroj qildi

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvi davomida aniqlangan.

Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari "F.B.", "A.T." va "H.S." MChJlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 275,9 mln so‘m bo‘lgan "gipoxlorid kalsiy" dezinfeksiyalovchi vositalarni 524,8 mln so‘mga, ya’ni o‘rtacha bozor narxidan 248,9 mln so‘mga qimmat narxlarda sotib olib, juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0