Shiringina qizaloq: xonanda Lola Yo‘ldosheva uchinchi bor ona bo‘ldi

© Instagram/lolaofficial_ Lola Yuldasheva beremenna tretim rebenkom - foto
Lola Yuldasheva beremenna tretim rebenkom - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonandaning muxlislari ushbu ajoyib xushxabardan so‘ng tabriklarni yog‘dira boshlaganlar. Aksariyati jajjigina qizaloqqa baxt va sog‘lik tilashmoqda

TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Xonanda Lola Yo‘ldosheva uchinchi bor ona bo‘ldi. Xonanda qiz farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Lola Yo‘ldosheva o‘zining instagramida ma’lum qilgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Lola Yuldasheva (@lolaofficial_)

"Qizalog‘im..., bizning dunyomizga xush kelibsan. Bizning bebaho xazinamiz✨ bizning baxtimiz, biz seni juda ham yaxshi ko‘ramiz. Dadang bilan hamisha yoningda bo‘lamiz", - deb yozgan xonanda yangi tug‘ilgan chaqaloq oyoqchalari aks etgan suratga qoldirgan izohida.

Xonandaning muxlislari ushbu ajoyib xushxabardan so‘ng tabriklarni yog‘dira boshlaganlar.

Aksariyat tilaklarda yangi mehmonga baxt va sog‘lik tilangan.

Ushbu xushxabar hozirgacha 30 mingdan ortiq layk to‘plagan. Ikki mingdan ortiq izohlar qoldirilgan.

Yangiliklar lentasi
0