Mirziyoyev aholini ishga joylashda faol bo‘lmagan 6 rahbarni ishdan oldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona tumani hokimi, Yakkabog‘ tumani prokurori, G‘uzor va Chortoq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari, Muborak tumani va Qo‘qon shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish davomida ehtiyojmand aholini ishga joylamagan 6 rahbarni ishdan oldi. Bu haqda AOKA tegeram-kanalida xabar berildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zingizga va oila a’zolaringizga nisbatan beparvo va befarq bo‘lmang! - Mirziyoyev

Prezident kamida 257 ming nafar muhtoj oilalar vakillarini ishga joylashtirish, 37 mingta xonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratish zarurligini qayd etdi.

Ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish ko‘rsatkichi eng past sektorlarning 6 nafar rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi. Bular – Farg‘ona tumani hokimi Nosirov, Yakkabog‘ tumani prokurori Mustafayev, G‘uzor va Chortoq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Raxmonov va Abdurayimov, Muborak tumani va Qo‘qon shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari Temirov va Turdiqulov.

Yetti nafar rahbarga nisbatan oxirgi ogohlantirish sifatida "hayfsan" e’lon qilindi. Bular – Sho‘rchi tumani hokimi Xudayberganov, Kattaqo‘rg‘on, Koson va Payariq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Otamurodov, Otakulov va Shermuxamedov, Narpay, G‘allaorol tumanlari va Guliston shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari Dehqonov, Mamayev va Radjabov.

Yangiliklar lentasi
0