Qashqadaryoda tun davomida rekord darajada koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishTestirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo
Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati tun davomida 168 taga ko‘paydi. Aksariyati Qashqadaryoda aniqlandi.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati tun davomida 168 taga ko‘paydi. Shundan 161 tasi Qashqadaryoda aniqlandi.

“2020 yil 8-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 838 (+168) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

JSST SOVID-19 qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirdi  - Sputnik O‘zbekiston
Hamma kutmoqda: JSST SOVID-19'ga qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirdi

Yangi kasallanganlarning 161 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 127 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 34 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shu paytga qadar 6 811 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 986 nafar bemor davolamoqda. Ulardan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Jami 41 ta o‘lim holati kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0