Tashviqot yangilikka qarshi: G‘arb matbuoti nima sababdan yutqazmoqda

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Moskve
Povsednevnaya jizn v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir paytlari so‘zsiz yetakchi va boshqalar uchun o‘rnak bo‘lgan g‘arb OAVlari bugungi kunda inqirozga yuz tutmoqda. Koronavirus mavzusi buni yaqqol namoyish etdi.

“Rossiya segodnya” Xalqaro axborot agentligi “Sakkizoyoq 2.0. Koronavirus Rossiyada” nomli izlanishni taqdim etdi. U Rossiyaning G‘arb va boshqa davlatlar OAVlarida tasvirlanishiga bag‘ishlangan.

Bu safar tadqiqotchilar diqqat markaziga pandemiya tushdi va nafaqat “Katta yettilik” davlatlari, balki kasallik birinchi avj olgan Xitoy yirik ommaviy axborot vositalari ham qamrab olindi. RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp jurnalistlar bilan aytishuvdan so‘ng matbuot-anjumanini to‘xtatdi

Bu kabi to‘ldirilish juda muvaffaqiyatli bo‘ldi, chunki Xitoy OAVlari bo‘yicha statistika G‘arb nashrlari tomonidan efirga uzatilayotgan dunyo manzarasi uchun juda kutilmagan fonni yaratdi.

Umuman olganda, “Sakkizoyoq 2.0” hech qanday kutilmagan hodisalarni keltirib chiqarmadi: COVID-19 G‘arb OAVlari tomonidan Rossiyaga qarshi tashviqotni davom ettirish uchun yana bir sabab sifatida ishlatildi.

Amerikaliklar bunda shubhasiz yetakchiga aylandilar - Amerika OAVlarining eng muhim beshligidagi (auditoriya qamrovi bo‘yicha) mavzu bo‘yicha nashrlarning 58% salbiy tus olgan. Ulardan keyingi nemis OAVlarida bu ko‘rsatkich 44%, kanadaliklarga - 41% va britaniyaliklarda - 38%.

Shu bilan birga, “Yettilikning” qolgan uchta davlatlarida bu masalada Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat sezilarli darajada past: Yaponiya - 33%, Italiya - 28% va Fransiya - umuman 21%.

Ammo ularning barchasida pozitiv ko‘rsatkichlari uncha katta emas  1– 5 %. Istisno faqatgina Italiyada bo‘lib, u yerda Rossiya va koronavirus haqida tilga olishlarning 9 % ijobiy tusda bo‘ldi. Epidemiyaga qarshi kurashda Rossiya tomonidan Italiyaga ko‘rsatilgan yordam buni ta’minladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

19 dekabrya 2019. Prezident RF Vladimir Putin na bolshoy yejegodnoy press-konferensii v Sentre mejdunarodnoy torgovli na Krasnoy Presne. - Sputnik O‘zbekiston
Putin va 1895 jurnalist: katta matbuot-anjumanida yangragan asosiy fikrlar

Ammo bu raqamlarda, ehtimol, boshqa bir jihat qiziqroq: ular joriy vaziyatning eng muhim geosiyosiy trendlarini yaqqol namoyish etadi. Bir tomondan, anglosakslar (ham Eski dunyodagilar, ham okean ortidagilar ham) aksil-Rossiya hujumining avjida, uning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib qolmoqda. Ammo boshqa tomondan, ular yanada neytral yondashuvni saqlab qolish va rusofobiyada haddan oshib ketmaslikka harakat qilayotgan eng yaqin ittifoqchilarining qo‘llab-quvvatlashini aniq yo‘qotmoqdalar, bu juda mantiqan to‘g‘ri ham: zamon o‘zgardi va amalda 2014-yil emas.

Shu bilan birga, raqamlar shuni ko‘rsatadiki Germaniya, avvalambor o‘zi uchun qanchalar qiyin holatda qolib ketdi. Yetakchi nemis OAVlarining Rossiyaga qarshi faol pozitsiyasi davlat-siyosiy yo‘nalishiga mutlaqo zid bo‘lib qolmoqda, unga asosan nafaqat Berlinning Moskva bilan qo‘shma loyihalar qo‘llab-quvvatlanyapti, balki AQShga yarim-okupatsion qaramlikdan izchil halos bo‘lyapti. Ammo media-makonda asosiy nashrlarning qat’iy bo‘ysunishi va so‘zsiz sodiqligi - milliy manfaatlarga emas, balki Vashingtondagi ho‘jayinga saqlanib qolmoqda.

Rossiyaga qarshi va kovid tashviqotidagi aniq mavzularga kelsak, ular o‘ziga xosligi bilan ajralmasa-da, barisi ikkita uzoq vaqtdan beri yaxshi tanish asosiy mantiqqa keltirilmoqda: mana Rossiya endi xarob bo‘lmoqda, ammo u hamon butun dunyoga katta tahdid solmoqda.

Protestuyushie vo vremya popitki snesti pamatnik prezidentu SShA Endryu Djeksonu v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb tarixni bosqichma-bosqich qayta ko‘chirmoqda va u buning uddasidan chiqmoqda

Xususan, bu mamlakatdagi umumiy vaziyatni va mamlakat sog‘liqni saqlash tizimining holatini va Rossiya hukumatining COVID-19 ga qarshi kurashini tanqid qildi - vaziyat qil ustida turgani va har onda qulashi mumkin kabi bashoratlar bilan birga. Sayyoramizning qolgan qismiga nisbatan tahdidlarga kelsak, bu holatda hech qanday yangilik ixtiro qilinmadi: asosiy ayblovlar Moskva tomonidan pandemiya to‘g‘risida dezinformatsiya kampaniyasi, hatto Rossiya odamlarga qo‘llarni yuvish foydasizligini singdirayotgani haqidagi da’volar.

Albatta, Xitoy OAVlarida muammoning yoritilishi manzarasi tubdan farqlanadi va gap koronavirusga qarshi kurash nuqtayi nazaridan Rossiya haqida 20% ijobiy nashrlar va salbiylarning yo‘qligida ham emas. Asosiy xususiyat - bu mavzuga oid maqolalarning juda ko‘pligida. Ko‘rib chiqilgan davrda - martdan iyungacha - Xitoyning eng katta beshta OAVlarida Rossiyaning epidemiyaga qarshi kurashiga oid 1200 dan ortiq maqolalar chop etildi. Taqqoslash uchun: xuddi shu davr ichida, nashrlarning eng minimal soni Kanadada chop etildi - 238 dona, qolgan oltita mamlakat ko‘rsatkichlari quyidagi oraliqda: 371 (Italiya) va 470 (Yaponiya). Aytgancha, amerikaliklar o‘zlarining 428 ta maqolasi bilan ro‘yxatda beshinchi o‘rinda.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp vo vremya vstrechi na polyax sammita Gruppi dvadsati v Osake - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb Rossiyani yana o‘z tuzog‘iga ilintirmoqchi yoki Katta yettilikka taklif nimani anglatadi

Demak, uch oy ichida Xitoy OAVdari “Koronavirus Rossiyada” mavzusida dunyodagi eng kuchli Amerika OAVlaridan ko‘ra deyarli uch baravar ko‘proq materiallarni nashr etdi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, xitoyliklarda nashrlarning 80% neytral-informatsion hususiyatga ega, ya’ni asosan shunchaki yangiliklar.

Bunday ulkan farqni Xitoyning Rossiya ishlariga alohida e’tibor va qiziqish bilan bog‘lash xato bo‘lardi. Ko‘rinishidan, hammasi narsa ancha sodda va bir hilda: gap G‘arblik raqobatchi hamkasblariga qaraganda ancha katta hajmdagi axborot oqimini qayta ishlashda Xitoy OAVlarining g‘ayratli mehnati va yuqori samaradorligidadir.

Aslida, bu G‘arbning axborot makonida yetakchilikni yo‘qotish borasida qo‘rquvini tasdiqlaydi. Albatta, auditoriyaga yetkazilgunicha, ular kulgili shakllargacha ishiriladi, ammo aslida bitta negizga ega.

Bir paytlari G‘arbning o‘zi ommaviy axborot vositalarini zamonaviy talqinda yaratib, boshqalar uchun so‘zsiz yetakchi va o‘rnak bo‘lgan edi. So‘z erkinligi va axborotni tarqatish, mafkuraviy va geosiyosiy raqiblarga qarshi kurashda uning asosiy vositalaridan biriga aylandi va muvaffaqiyatli foydalangan edi.

Ammo hozir biz, yaqingacha tebranmas bo‘lib tuyulgan ushbu tizimning tobora kuchayib borayotgan inqiroziga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Direktor Federalnoy slujbi bezopasnosti (FSB) Aleksandr Bortnikov - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb MDH davlatlarida vaziyatni izdan chiqarmoqchi - FXX rahbari bayonoti

Vaqt o‘tgani sari, G‘arb OAVlariga “erkin bo‘lmagan dunyo” mamlakatlari, xoh Xitoy, xoh Rossiya OAVlari bilan raqobatlashish qiyinlashib bormoqda. Amerika va Yevropa siyosatchilari tomonidan Kremlning media-changallarini quvish harakatlari qanchalik kulgili tuyilmasin, RT va Sputnik xabarlariga ijtimoiy tarmoqlarda Yevropaning eng mashhur va ta’sirli yangiliklar manbalariga qaraganda ko‘proq munosabat bildirilmoqda. Atigi bitta uncha qaynoq bo‘lmagan va tor bo‘lgan mavzu bo‘yicha Xitoy OAVlarining 1200 dan ortiq xabariga qarshi ravishda amerikaliklarning 450 dan kam xabari – huddi shu jarayonni namoyon qiladi.

G‘arb OAVlar o‘zlarining asosiy funksiyalarini – ma’lumot yig‘ib auditoriyaga keng va turli xil ma’lumotlarni yetkazishni - (ulg‘aygan raqobatchilariga qaraganda) bajarishi yomonlashmoqda. Bu materialning ham mazmuni ham uzatilishiga tegishli.

To‘g‘ri, G‘arb hamon “eng erkin, halol va professional matbuot” yorlig‘ini saqlab kelmoqda. Ammo bu yerdagi vaziyat xuddi ertakdagi yalang‘och shohning kiyimi kabi - bir kun kelib “ish bermay” qo‘yadi.

Yangiliklar lentasi
0