Amerikancha “Tolibongeyt” - bu fitnaning maqsadi nima?

Obuna bo‘lish
Amerikaning bir qator jurnalistlari, siyosatchilari va razvedkachilari Moskvani Afg‘onistondagi G‘arb koalitsiyasi askarlariga qarshi hujumlarini moliyalashda ayblamoqda.

Amerikaning bir qator jurnalistlari, siyosatchilari va razvedkachilari Moskvani Afg‘onistondagi G‘arb koalitsiyasi askarlariga qarshi hujumlarini moliyalashda ayblamoqda. Bu Rossiya-Amerika munosabatlari doirasidan tashqariga chiqib, afg‘on zaminidagi shundoq ham jiddiy vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin.

Chleni terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Pentagonning "Tolibon" bilan "birodarligi" qanday yakun topadi

Yana “xayli laykli”?

AQShda kuchayayotgan “Tolibongeyt” (go‘yoki Rossiya Razvedka Bosh boshqarmasi toliblarga Afg‘onistondagi Amerika fuqarolarini o‘ldirganligi uchun mukofot to‘laganligi to‘g‘risidagi asossiy ma’lumotlar atrofidagi mojaro) bir nechta masalaga aloqasi bor.

Birinchidan, Rossiya-Amerika munosabatlariga. Avvalo, gap navbatdagi “xayli-laykli”(katta ehtimollik bilan-tahr.) (buni boshqachasiga atab bo‘lmaydi ham, chunki bu voqea tasdiqlanmagan mish-mishlarga asoslangan) tufayli g‘azablangan amerikalik siyosatchilar Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilinishi talab qilmoqdalar. Va gap hatto hech kim bu voqeani ohirigacha o‘rganishni va uning ishonchliligini isbotlashni istamayotganligidadir. Gap shundaki, “Tolibongeyt” voqeasi Moskva va Vashington nima sababdan global va mintaqaviy masalalarda murosaga kelishi nega shunchalik qiyin ekanligini tushuntiradigan yana bir dalil bo‘ldi.

Devoldagi yozuvga (The New York Times-dagi “Tolibongeyt” haqidagi nashri va unga qo‘shimchalarni boshqacha atab bo‘lmaydi ham) asoslanib yangi sanksiyalar va “Amerika fuqarolarining qotili bo‘lgan mamlakat” bilan muzokaralar jarayonining zararliligi haqida jar solayotgan hamkor bilan jiddiy suhbat olib borib yon berish haqida qanday kelishish mumkin?

Rossiyskiy politolog Aleksey Malashenko - Sputnik O‘zbekiston
Oligarx Gazanfar o‘limi O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlariga qanday ta’sir qiladi

RF tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Rabkov Moskva endi Vashingtonni muzokaralar bo‘yicha kelishib bo‘ladigan hamkor sifatida ko‘rmasligi va unga kontragent sifatida ishonchni yo‘qotganini aytgani bejiz emas. Diplomat bu ishonchni kichik qadamlar taktikasi orqali tiklashga umid bildirmoqda, ammo AQShda Rossiya agentlariga uyushtirilgan ov sharoitida bunday qadamlarni amalga oshirish deyarli imkonsizdir. Agar ular Moskva tomonidan bir tomonlama bo‘lsa, bu taqdir ular yon bosish bo‘lib qoladi.

Ikkinchi masala - AQSh prezidenti saylovlari. Demokratlar “Tolibongeyt”dan, Trampning zaifligini yoki undan ham yaxshirog‘i - uning Vladimir Putindan qo‘rqishini isbotlash uchun foydalanishmoqda. To‘g‘ri, juda hurmatli generallar, shu jumladan Pentagondagilar ham “amerikaliklar shilingan terisi” uchun “rus mukofotlari” to‘g‘risidagi ma’lumotlar isbotlanmagan bo‘lib hech qanday jiddiy munosabat talab qilmaganligini ta’kidlashmoqda, Moskvaga javob haqida gapirmasa bo‘ladi.

Biroq, demokratlar bu masalani saylovoldi qalqonga qo‘yib bo‘lib, AQSh prezidentining Oliy Bosh qo‘mondon rolini o‘ynashni eplay olmayotganini va chet eldagi AQSh harbiylarining hayotini himoya qilishga qodir emasliklarini e’lon qilishdi. Ularning fikriga ko‘ra, Tramp (go‘yoki “Rossiya mukofotlari” haqida ma’lumotni bahorda olgan) darhol Putinga butun Amerika qudrati bilan javob berishi kerak edi - ammo u bunday qilmagan ekan, endi o‘zi kuzda saylovchilar oldida javob berishi kerak.

Oqibatlar

Donald Tramp “Tolibon” bilan bitim tuzdi, unga ko‘ra amerikaliklar asta-sekin Afg‘onistonni tark etishadi (chiqishning ohirgi muddati 2021-yil may), toliblar esa bunga javoban AQSh g‘alaba bilan ketayotgani ko‘rinishini ta’minlaydi. Ya’ni, ular amerikalik askarlarni o‘qqa tutmaydilar, Kobuldagi hukumat bilan yarashish bo‘yicha nominal muzokaralar olib boradilar va o‘z hududlarini aksil-Amerika harakatlariga taqdim qilmaslik majburiyatini oladilar. Biroq, AQShda bu bitimning dushmanlari ko‘p.

Bular, ham Markaziy razvedka boshqarmasi hodimlari (aynan shular afg‘on geroinini Kosovo orqali Yevropaga yetkazishda ishtirok etganlikda ayblangan), ham Afg‘onistonni tark etishni istamaydigan globalistlar (dunyoning barcha muhim qismlarida joylashish orqali Amerikaning hukmronligini saqlab qolish tarafdorlari), va demokratik partiyaning ayrim vakillari (saylovlar oldidan Tramp “Afg‘onistondagi urushining tugatilishi uchun” medalini ko‘kragiga osib qo‘ymasligi uchun Amerika askarlarining hayoti kandaga qo‘yishga tayyor bo‘lganlari).

Boyevik dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” Afg‘oniston hukumatiga qarshi javob qaytarish bilan tahdid qildi

Xozirda ularning barchasi kelishuvni buzish, toliblar bilan keyingi muzokaralardan voz kechish va Afg‘onistonda AQSh harbiy kuchlarini saqlab qolish maqsadida “Tolibongeyt”dan foydalanish uchun birlashdilar.

Afg‘oniston hukumatining o‘zi (noyabr saylovlaridan keyin o‘zlari olib tashlanib, yo‘q qilinishini istamaydi, va buning ehtimolligi juda katta) bundan manfaatdor ekanligini hisobga olsak, ular xohlasalar, Amerika burgutlariga ruslar va toliblarning o‘zaro kelishuviga doir ba’zi mahalliy “dalil va isbotlar” taqdim etishlari mumkin.

Va natijada amerikaliklar va toliblar o‘rtasidagi bitim buzulgiday bo‘lsa, Moskva va Markaziy Osiyo respublikalarining Afg‘onistonning bo‘lg‘usi hukumati bilan ishlash sxemasini tuzish, ushbu respublikadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib boradigan barcha diplomatik harakatlari puchga chiqadi.

Urushning davom etishi afg‘on qarshiligining yanada radikallashishiga va “Islom davlati”* va Afg‘onistondagi boshqa radikal tuzilmalarning kuchayishiga olib keladi (ular bilan toliblar o‘limgacha uchun ham kurashishga tayyor edilar).

* “Islom davlati” (IShID, ID) va “Tolibon” - Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlarda taqiqlangan terroristik tashkilotlar.

Yangiliklar lentasi
0