Jamiyat

Majidov: sirtqi taʼlim 100 foiz masofaviy taʼlim shakliga oʻtadi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Oʻzbekistonda sirtqi taʼlim 100 foiz, kechki taʼlim esa 50 foiz masofaviy taʼlim shakliga oʻtishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda sirtqi taʼlim 100 foiz masofaviy taʼlim shakliga oʻtkaziladi. Bu haqda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov karantin davrida qabul jarayonini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan brifingda maʼlum qildi.

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnыe ekzamenы v vuzы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Kirish imtihonlari onlayn boʻlmaydi – DTM

“Sirtqi taʼlim 100 foiz masofaviy taʼlim shakliga oʻtadi. Kechki taʼlim shakli boʻyicha ishlarni rejalashtirganmiz, qanday vaziyat boʻlishidan qatʼi nazar 50 foiz masofaviyga oʻtadi. Kunduzgi taʼlim borasida qanday yoʻl tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi”, — dedi vazir.

Majidovning aniqlik kiritishicha, hujjat topshirish, roʻyxatdan oʻtish muddatlari oʻzgarmaydi. Belgilangan muddatlargacha davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala