Sement yuklangan “Isuzu” jarlikka quladi: ikki kishi qurbon bo‘ldi

© Sledstvenniy departament pri MVD RUzNa perevale "Kamchik" gruzovik s sementom upal v ovrag: dvoe pogibli
Na perevale Kamchik gruzovik s sementom upal v ovrag: dvoe pogibli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi jarlikka qulashi oqibatida 28 yoshli haydovchi va 23 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. “Qamchiq” dovonida yuk mashinasi jarlikka qulashi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

V DTP v Buxarskoy oblasti pogibli voditel i passajir mashini skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi qurbon bo‘ldi

Yo‘l-transport hodisasi 08-iyul kuni soat 07:30 da Pop tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Osh” avtomobil yo‘lning 223 kilometrida bo‘lgan. Sement yuklangan “Isuzu” mashinasi haydovchisi 28 yoshli J.J. “Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ngra yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, jarlikka ag‘darilib ketgan.

Oqibatda avtomashina haydovchisi J.J. va yo‘lovchisi 23 yoshli Sh.J.lar tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0