TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik. Koronavirus oʻzgargani yoʻq, kasallik xuddi avvalgidek jiddiy, deb aytgan RIA Novostiga bergan intervyusida Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich.
"Koʻpchilik bugun virus oʻz kuchini yoʻqotgani haqida gapirmoqda, lekin bu unday emas. Virus oʻzgargani yoʻq. Uning taʼsirchanligi avvalgidek, kasallik jiddiyligi ham avvalgidek", - degan Vuynovich.
Ayolning soʻzlariga koʻra, virusning genetik xilma-xilligi mavjud, ammo bu hech qanday maʼno kasb etmaydi, chunki virusni harakatini oʻzgartiradigan genlar oʻzgarishsiz qolgan.
"Virusning oʻzini tutishi – bu epidemiyaning bir elementidir, ikkinchi elementi – bu odamlarning oʻzini tutishi, chunki virus odamdan odamga oʻtadi. Agar u oqar suvlarda yoki boshqa joyda qolib ketsa - bu muhim emas, sababi, asosiy tarqalish odamdan odamga oʻtish orqali yuz beradi. Agar biz hozirda biz ushbu jarayonlarni sekinlashtirsak, uni erta bosqichda toʻxtata olsak, albatta, u holda kasallik oʻchoqlari kattalashib ketmaydi, shunchaki kichik klasterlar mavjud boʻladi, ikkinchi toʻlqingacha yetib bormaymiz", - deb hisoblaydi BSST vakili.
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qildi. BSST taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda 11,8 milliondan ortiq bemorlanish holatlari qayd etilgan, 545 mingdan ziyod kishi vafot etgan.