Jamiyat

Afgʻonistonlik ayollar Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini oʻrganadilar

© Press-slujba PROON v UzbekistaneTransgranichnaya initsiativa po podderjke obrazovaniya afganskix jenщin v Uzbekistane
Transgranichnaya initsiativa po podderjke obrazovaniya afganskix jenщin v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Afgʻonistonlik yosh ayollar Termiz tumanidagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida, Toshkent davlat agrar universiteti koʻmagi ostida oʻqiydilar

TOSHKENT, 11 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bugun afgʻon ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengayishini Oʻzbekistonda tahsil olish uchun taʼlim grantlari orqali qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chegaralararo tashabbusni amalga oshira boshladilar.

Afganskaya molodej - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Afgʻonistonlik Asila: Oʻzbekistonga kelib tinchlik nimaligini his etdim

Xususan, rejaga koʻra, Afgʻonistondan kelgan 50 nafar ayol Qozogʻiston va Oʻzbekiston universitetlarida oʻqiydi va bitiradi.

Yevropa Ittifoqi ushbu tashabbus uchun 2 million yevro miqdorida grant ajratdi, loyihani BMTTD 2025 yilgacha amalga oshirilishini taʼminlaydi.

"Ayollar oʻz milliy iqtisodiyotiyotlari oʻsishiga asosiy hissa qoʻshuvchilardir. Shunga qaramay, ular taʼlim olish, munosib mehnat va teng maosh olish imkoniyatiga ega boʻlish yoʻlida koʻpincha ijtimoiy toʻsiqlarga duch kelishadi. Malakalari ortishi bilan ayollar xususiy yoki davlat sektorida yuqori darajadagi ish joylariga ega boʻlishlari kutilmoqda, bu ularga oʻz mamlakatlari rivojiga samarali hissa qoʻshishga imkon beradi" - deydi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Eduards Stiprais.

Studentы v obrazovatelnom tsente v Termezeskom rayone po obucheniyu afganskix grajdan pri Ministerstve vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Afgʻonistondan 100dan ortiq talaba Termizga oʻqishga keldi

Afgʻonistonlik ayollar Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini oʻrganadilar va oʻqishni tugatgandan soʻng ularga texnik va kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi guvohnomalar topshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Oʻktam Salomovga koʻra, Oʻzbekiston qoʻshni doʻst Afgʻoniston zaminida tinchlikni qoʻllab-quvvatlaydi va ushbu jarayonni Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror rivojlanishga erishish uchun muhim shart deb biladi.

Ixtisoslashgan taʼlim olishdan oldin talabalar til kurslarini oʻtashlari kerak boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0