Rossiyada rublni denominatsiya qilish taklif qilindi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKliyent Sberbanka vnosit nalichnie dengi v bankomat
Kliyent Sberbanka vnosit nalichnie dengi v bankomat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon va Rossiya iqtisodiyotdagi trendlar haqida tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydigan “Alpari” markazi tomonidan Rossiya valyutasini denominatsiya qilish taklif qilindi.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. "Alpari" axborot-tahlil markazining rahbari Aleksandr Razuvayev Rossiya valyutasini yuz baravar denominatsiya qilish taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Amerikanskiy dlllar i yuan - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy dollardan voz kechishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Avvalroq, Rossiya Markaziy banki muomaladagi naqd pul miqdori rekord darajaga - 12,42 trln rublga yetganini ma’lum qilgandi. Regulyatorning ma’lum qilishicha, so‘nggi bir oy ichida bu miqdor 3,5 foizga oshgan.

Razuvayevning so‘zlariga ko‘ra, denominatsiya kopeykani muomalaga qaytarishga imkon beradi, dollarning kursi esa 70 kopeyka tashkil qiladi. Ekspertning fikricha, bu Rossiya valyutasiga ishonchni mustahkamlashga yordam beradi.

U muomaladagi pul massasining ko‘payishini ba’zi rossiyaliklar norasmiy shaklda ish haqi olishi bilan izohladi.

Ekspert fikri

Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti direktori Ruslan Grinberg, Razuvayevning taklifiga qarshi chiqdi. Uning fikricha, denominatsiya vahima qo‘zg‘ashi mumkin, chunki bunday choralar ko‘pincha valyutaning keskin qadrsizlanishi sharoitida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada oxirgi marta denominatsiya 1998-yilda 1000:1 koeffitsenti bilan o‘tkazilgandi. O‘sha vaqtda pul birligi quyidagi nisbatda o‘zgardi: 500 rubl - 50 kopeyka; 1000 rubl - 1 rubl; 5000 rubl - 5 rubl; 10000 rubl - 10 rubl; 50 000 rubl - 50 rubl; 100 000 rubl - 100 rubl; 500 000 rubl - 500 rubl.

Denominatsiyadan so‘ng 2001-yilda 1000 rubl banknota muomalaga kiritildi, 2006-yilda esa 5000 rubl kiritildi, u ayni vaqtda mamlakatda eng yirik banknota hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0