Migratsiya

Amur viloyatida ishchilar maoshidan 14 million ushlab qolingani aniqlandi

© Foto : "Gazprom"Stroitelstvo Amurskogo gazopererabatыvayuщego zavoda
Stroitelstvo Amurskogo gazopererabatыvayuщego zavoda - Sputnik Oʻzbekiston
Amur viloyati prokuraturasi 13 may kuni boʻlib oʻtgan tartibsizliklarni tekshirish davomida ish beruvchi tomonidan ishchilar maoshidan katta matbagʻ ushlab qolinganini aniqladi.

TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. Amur gazni qayta ishlash zavodi qurilishida sodir boʻlgan tartibsizliklar yuzasidan prokuratura tekshiruvlari davom etmoqda. Korxonagi viloyat prokurori Ruslan Medvedev yetib kelgan va ishchilar huquqi buzilishi holatini oʻrganmoqda, deb xabar qilmoqda Viloyat prokuraturasi. 

Tekshiruv natijasida aniqlanishiga koʻra, Gazni qayta ishlash zavodining pudratchisi boʻlgan va ishchilarni yollagan "Reneysans Xevi Indastris" MCHJ tomonidan bir qator qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlangan: 

  • Xususan, korxona bir tomonlama tartibda 2 oylik patent toʻlovlarini toʻlash maqsadida ishchilar maoshidan jami 14,4 million rubl ushlab qolgan. 
  • Ikkinchidan, "Reneysans Xevi Indastris" taklif qilingan xorijiy ishchilar uchun moddiy va maishiy sharoit yaratmagani va Rossiyada boʻlish tartib-qoidalari buzilishga yoʻl qoʻygan. 
  • Undan tashqari, Svobodnensk shahar prokuraturasi qurilish obʼyektida ishtirok etayotgan pudratchi tashkilotlar rahbarlariga nisbatan mehnat va migratsiya qonunlarini buzishda ayblov bilan chiqdi.

Shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etgan ishchilarga nisbatan Rossiya JKning "Bezorilik" va "Ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish" bandlariga muvofiq jinoyat ishlari ham prokuratura nazorati ostiga olingan.

Stroitelnыe kaski - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Migrantlar Amur viloyatidagi qurilishda tartibsizliklar uyushtirishdi

Eslatib oʻtamiz, Amur viloyatidagi Gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlayotgan mehnat migrantlari 13 may kuni ommaviy tartibsizliklar uyushtirishgan edi. Xususan ular ish beruvchining bir necha avtomobillarini agʻdarib tashlagan va ofislarini vayron qilgani haqida videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. 

Bugun Rossiyadagi Oʻzbekiston bosh konsuli vaziyatni oʻrganish hamda Oʻzbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida voqea joyiga yetib borganini xabar qilgan edik. 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala