Hodisalar

Jarqoʻrgʻonda sudyalarning omma oldida obroʻsizlantirilishi senatorlik nazoratiga olindi

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Senatorlar Jarqoʻrgʻon tumanida sudyalarning omma oldida obroʻsizlantirilishi holatini oʻrgandi. Mazkur holatga qonuniy baho berilishi senatorlik nazoratiga olindi.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Senatning Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan senatori Jarqoʻrgʻon tumanida sudyalarning omma oldida obroʻsizlantirilishi holatini oʻrgandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 9 iyuldagi qarorida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan xizmat avtotransport vositalari roʻyxati bayon etilgan. Ushbu roʻyxatga sud tizimi ham kiritilgan.

Biroq jinoyat ishlari boʻyicha Jarqoʻrgʻon tumani sudining raisi YA.Bekkamov hamda haydovchi R.Rahimnazarov shu sudga biriktirilgan xizmat mashinasida, Jarqoʻrgʻon tumani maʼmuriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovchisi shu sudga biriktirilgan xizmat mashinasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida, tuman markaziga kiraverishda blokpostda toʻxtatilgan va postdan oʻtkazilmagan.

Molotok sudi v Vaxitovskom rayonnom sude Kazani. - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Bosh prokuratura Surxondaryoda sudyalarning obroʻsizlantirilgani haqidagi xabarni oʻrganmoqda

Shu vaqtda postda boʻlgan tuman hokimi Z.Davlatov boshchiligidagi ishchi guruh postdan oʻtish uchun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obroʻsizlantirishga uringan. Ularga qoʻpollik qilib, avtomashina kalitini olib qoʻyib, sud xodimini vaqtincha ushlab turish hibsxonasiga qamab qoʻygan.

Yuqoridagi holatlar boʻyicha sud xodimlariga qasddan yengil tan jarohati yetkazish, sudya va sud xodimlarini obroʻsizlantirish, sudyaning xizmat avtomashinasi daxlsizligini buzish va boshqa holatlarga qonuniy baho berish uchun toʻplangan hujjatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Taʼkidlanishicha, mazkur holatga qonuniy baho berilishi senatorlik nazoratiga olindi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Bosh prokuratura Surxondaryoda sudyalarning obroʻsizlantirilgani haqidagi xabarni oʻrganayotgani va nazoratga olgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala