Dunyoda

KXSHT Boku va Yerevanni zudlik bilan chegarada oʻt ochishni bas qilishga chaqirdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыe flagi stran-uchastnits ODKB
Gosudarstvennыe flagi stran-uchastnits ODKB - Sputnik Oʻzbekiston
Tashkilot Armaniston va Ozarbayjonni zudlik bilan oʻt ochishni bas qilishga chaqirgan va halok boʻlganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirgan.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Armaniston va Ozarbayjonni zudlik bilan chegarada oʻt ochishni bas qilishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, KXSHT kotibiyati Armaniston va Ozarbayjon qurolli kuchlari boʻlinmalarining qurolli toʻqnashuvidan soʻng ikki mamlakat chegarasidagi yuzaga kelgan keskin vaziyat sabab jiddiy xavotirda ekanini bildirgan.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Bu urushdan hech kimga naf yoʻq: ekspert Armaniston va Ozarbayjon mojarosi haqida

“Yuzaga kelgan vaziyat ikki davlat chegarasidagi, ulardan biri Armaniston Respublikasi KXSHT aʼzosidir, vaziyatni normallashtirishga koʻmaklashmaydi. Armaniston va Ozarbayjon rahbariyati darajasida erishilgan oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvlar buzilganidan dalolat beradi”, - deyilgan xabarda.

Tashkilot tomonlarni zudlik bilan oʻt ochishni bas qilishga chaqirgan va halok va jarohatlanganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirgan.

12 iyul kuni Ozarbayjonning Armaniston bilan chegarasidagi Tovuz tumanida qurolli toʻqnashuv sodir boʻldi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlari oʻt ochganini maʼlum qildi. Armaniston Mudofaa vazirligi esa Ozarbayjon tomoni tayanch punktini egallab olishga uringanini taʼkidladi. Jang oqibatida ikki tomon harbiylari qurbon boʻlgan, jumladan, ozarbayjonlik general-mayor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala