Dunyoda

“Qora oʻlim”: Moʻgʻulistonda 15 yoshli oʻsmir oʻlatdan vafot etdi

© REUTERS / Soe Zeya TunVrach v zaщitnыx ochkax.
Vrach v zaщitnыx ochkax. - Sputnik Oʻzbekiston
Moʻgʻulistonning Gov-Altay provintsiyasida qora oʻlatga chalingan 15 yoshli yigit vafot etdi. Bir necha kun avval qora oʻlat tashuvchisi boʻlgan – sugʻur goʻshtini isteʼmol qilishgan.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Moʻgʻulistonning Gov-Altay provintsiyasida qora oʻlatga chalingan 15 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda Sinxua agentligi mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligiga asosan xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Patsiyent pered operatsiyey v operatsionnoy v gorodskoy klinicheskoy bolnitse №3 g. Tambova. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻta xavfli: Markaziy Osiyoda qora oʻlat tarqalishi qayd etilganmi?

“Dushanba kuni kechqurun PTSRga oʻtkazilgan test 15 yoshli bolaning oʻlimiga qora oʻlat sabab boʻlganligini koʻrsatdi”, - deb aniqlik kiritdi idora vakili Dorjiyn Narangerel.

Yigit shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Bir necha kun oldin u va uning doʻstlari koʻpincha qora oʻlat tashuvchisi boʻlgan – sugʻur goʻshtini isteʼmol qilishgan.

Marhumning ikki doʻsti va yana 15 kishini shifoxonalarda karantinga olishdi.

Shu oyning boshida Xitoy shimolidagi Ichki Moʻgʻuliston muxtor viloyatida chorvador qora oʻlatga chalinish holati qayd etilgandi. Bundan tashqari, Moʻgʻulistonning gʻarbiy qismida Oltoy respublikasi bilan chegaradosh hududda ikki kishi infektsiya yuqtirib olgani aniqlangandi.

Rossiya Federatsiyasining Ulan-Batordagi elchixonasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Moʻgʻuliston rasmiylari zudlik bilan zarur choralarni koʻrganligi va xavotirga oʻrin yoʻqligi maʼlum qilgandi.

Qora oʻlat - bu oʻlim darajasi yuqori va oʻtkir yuqumli kasallik hisoblanadi. Tabiiy oʻchoqlarda infektsiya manbai - oʻlat tayoqchalari - asosan kemiruvchilar: sugʻurlar, yumronqoziqlar, olmaxonlar va kalamushlar, infektsiya tashuvchilari esa - burgalar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala