Dunyoda

Suriyada portlash oqibatida 3 nafar Rossiya harbiysi jarohatlandi 

© Press-slujba Minoboronы RF / Fotobankka oʻtishRossiya i Turtsiya proveli sovmestnoye patrulirovaniye v Sirii
Rossiya i Turtsiya proveli sovmestnoye patrulirovaniye v Sirii  - Sputnik Oʻzbekiston
Suriyada patrul harakatlanish yoʻnalishida qoʻlbola bomba portlatilishi oqibatida Rossiya va Turkiya askarlari jarohatlandi.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Suriyaning Erixa aholi punkti yaqinida, rus-turk patruliga harakatlanish yoʻnalishida qoʻlbola bomba portlatildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

"Portlash oqibatida 3 nafar rossiyalik harbiylar jarohatlandi, Turkiya ekipaji ham zarar koʻrgan", - deyilgan xabarda.  

Ayni damda patrul nazorati toʻxtatilgan, barcha yaradorlar va shikastlangan texnika evakuatsiya qilindi. Rossiyalik harbiylar Xmeymim aviabazasiga olib kelingan. Suriyadaga Rossiya kuchlari qoʻmondonligi Turkiya harbiy rahbariyati bilan birgalikda ushbu portlashda Idlibda faoliyat olib borayotgan jangarilarning ushbu hodisaga aloqadorligini tekshirmoqda.

Biroz oldin Suriya harbiylari Rakka viloyatida bir guruh jangarilarni qoʻlga olgani haqida xabar berilgan edi. Maʼlum boʻlishicha jangarilar "Magavir as-Saura" guruhiga mansub boʻlib ularning asosiy vazifasi Rossiya va Eron qurolli kuchlari haqida maʼlumot toʻplash boʻlgan, lekin yoʻlda ular minalashtirilgan maydonga duch kelib, guruh boshligʻi va yoʻl boshlovchidan mahrum boʻlishgan, keyin Suriya harbiylariga asirga tushishgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala