Jamiyat

Tojik-oʻzbek chegarasida yuzlab yuk mashinalari toʻxtab qoldi

© Sputnik / Vladimir Kornev / Fotobankka oʻtishGruzoviki na granitse
Gruzoviki na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Haydovchilarni koronavirusga tekshirish amaliyoti joriy etilishi Oʻzbekiston - Tojikiston chegarasida bir necha kilometrli tirbandlikka olib keldi - OAV.

TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Tojikiston chegarasida koronavirusning tarqalishi tufayli yuzlab yuk mashinalari toʻxtab qoldi, deya xabar beradi Pars Today axborot agentligi.

Xususan, "Oybek" nazorat-oʻtkazish punktida jiddiy vaziyat yuzaga keldi. Taʼkidlanishicha, transportning toʻxtatilishi haydovchilarni koronavirusga tekshirilishi bilan bogʻliq - haydovchilar natija eʼlon qilinishini bir necha kun kutishlariga toʻgʻri kelmoqda.

“Har kuni har bir haydovchi oziq-ovqatga 100 ming soʻm (taxminan 10 AQSH dollari) atrofida sarflaydi. Natijada safarga ruxsat olganlarning keyinchalikka shaxsiy ehtiyojlari uchun pullari qolmay qolyapti. Bundan tashqari, chegara postida yuk mashinalari turishi uchun va dam olish joylari yoʻq. shu sababli, haydovchilar mashina ichida uxlashlariga toʻgʻri kelyapti, bu esa chidab boʻlmas issiqlik tufayli murakkablashmoqda”, - deya tushuntirdi manba.

Ogʻir yuk mashinalari haydovchilari soʻzlariga koʻra, shifokorlar bir necha kundan beri koronavirus testlari maʼlumotlarini berolmayapti. Kuni kecha besh kun oldin tekshiruvdan oʻtgan 30 kishining tahlillari natijalari haqida maʼlum boʻldi. Shu bilan birga, baʼzi haydovchilarda infektsiya tasdiqlandi.

“Ular bizga niqob taqishni va ijtimoiy masofani saqlashni maslahat berishadi, ammo bunday navbatlarda biz hammamiz koronavirusni yuqtirib olishimiz mumkin”, - deya xulosa qildi tojik-oʻzbek chegarasida qolib ketgan haydovchilardan biri.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala