Tojik-o‘zbek chegarasida yuzlab yuk mashinalari to‘xtab qoldi

© Sputnik / Vladimir Kornev / Mediabankka o‘tishGruzoviki na granitse
Gruzoviki na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchilarni koronavirusga tekshirish amaliyoti joriy etilishi O‘zbekiston - Tojikiston chegarasida bir necha kilometrli tirbandlikka olib keldi - OAV.

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Tojikiston chegarasida koronavirusning tarqalishi tufayli yuzlab yuk mashinalari to‘xtab qoldi, deya xabar beradi Pars Today axborot agentligi.

Xususan, "Oybek" nazorat-o‘tkazish punktida jiddiy vaziyat yuzaga keldi. Ta’kidlanishicha, transportning to‘xtatilishi haydovchilarni koronavirusga tekshirilishi bilan bog‘liq - haydovchilar natija e’lon qilinishini bir necha kun kutishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

“Har kuni har bir haydovchi oziq-ovqatga 100 ming so‘m (taxminan 10 AQSh dollari) atrofida sarflaydi. Natijada safarga ruxsat olganlarning keyinchalikka shaxsiy ehtiyojlari uchun pullari qolmay qolyapti. Bundan tashqari, chegara postida yuk mashinalari turishi uchun va dam olish joylari yo‘q. shu sababli, haydovchilar mashina ichida uxlashlariga to‘g‘ri kelyapti, bu esa chidab bo‘lmas issiqlik tufayli murakkablashmoqda”, - deya tushuntirdi manba.

Og‘ir yuk mashinalari haydovchilari so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar bir necha kundan beri koronavirus testlari ma’lumotlarini berolmayapti. Kuni kecha besh kun oldin tekshiruvdan o‘tgan 30 kishining tahlillari natijalari haqida ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, ba’zi haydovchilarda infeksiya tasdiqlandi.

“Ular bizga niqob taqishni va ijtimoiy masofani saqlashni maslahat berishadi, ammo bunday navbatlarda biz hammamiz koronavirusni yuqtirib olishimiz mumkin”, - deya xulosa qildi tojik-o‘zbek chegarasida qolib ketgan haydovchilardan biri.

Yangiliklar lentasi
0