Iqtisod

Oʻzbekistonga joʻnatilayotgan pul oʻtkazmalar hajmi tiklana boshladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus pandemiyasi tufayli qulagan pul oʻtkazmalari hajmi oʻsa boshladi. Iyun oyida Oʻzbekistonga 621 mln dollar yuborilgan.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Mart va aprel oyida qulagan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi tiklana boshladi. Bundan Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlari darak bermoqda.

Qayd etilishicha, yil boshidan beri mamlakatda qabul qilingan pul oʻtkazmalari hajmi 2,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 156 mln dollarga yoki 6 foizga kam.

Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Sabr tagi - sariq oltin: migrantlarning Rossiyadan pul oʻtkazmalari keskin koʻtarildi

Yanvar oyida Oʻzbekistonga 400 mln dollar, fevral oyida esa 385 mln dollar joʻnatilgan. Pandemiya boshlanishi bilan oʻtkazmalar hajmi keskin qisqargan: mart oyida pul oʻtkazmalari 296 mln dollargacha, aprelda 250 mln dollarchaga kamaydi.

May oyida esa pul oʻtkazmalari hajmi tiklana boshladi - 485 mln dollar yuborilgan. Iyunda Oʻzbekistonga 621 mln dollar yuborilgan

Xuddi shu davrda 427 mln dollar chet elga yuborilgan. Bu oʻz navbatida 2019 yilning birinchi yarmidan 40 mln dollar yoki 9 foizga kam.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala