Buxorolik farmatsevt dorivor o‘simliklarni o‘zi yetishtirmoqda

© Sputnik / Yuriy Kaver / Mediabankka o‘tishPolevie sveti.
Polevie sveti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ajratilgan 26 gektar yer maydonida moychechak, atirgul, chinnigul, rozmarin va shuvoq o‘simliklari yetishtirilmoqda.

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi “FARMA aktiv” korhonasi asoschisi Mirshod Boboyev jaratilgan yer maydonida 10dan ortiq dorivor o‘simliklarni yetishtirmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Uning korhonasi dorivor o‘simliklar va gullarni yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ushbu maqsadlar uchun 2019-yilda unga Panob qishlog‘i hududidan 26 gektar ishlov berilmagan yer ajratildi.

Bugungi kunga yer maydonida moychechak, atirgul, chinnigul, rozmarin va shuvoq o‘stiriladi. Mehnat ko‘p talab qilinadigan mavsumda korhona gul terimiga ko‘proq ish joylarini yaratadi.

Dorivor o‘simliklar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston dorivor o‘simliklarni eksport qiladi

Korxona xodimi Sherzod Hamroyevning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ish jarayoniga yuz nafar yoshlar qo‘shimcha jalb etildi.

Boshqa bir ishchi, teruvchi Zulxumor Axrorovaning so‘zlariga ko‘ra, dalada odamlar oyiga bir million so‘mdan ko‘proq maosh olishmoqda. Ularning aksariyati mavsum davomida band.

Yana bir xodim Temurmalik Rasulov yaqinda Rossiyadan qaytib keldi, u yerda gulchilik sohasida ishladi. Hozirda u to‘plangan tajribasi bilan bo‘lishmoqda.

Biroz oldin Sirdaryo viloyatida 11-chi sinf bitiruvchisi tashlandiq 15 gektar yerni o‘zlashtirdi. Yer maydoniga u poliz va dukkakli ekinlarni ekkan haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0