Siyosat

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy COVID-19 qarshi kurash choralarini muhokama qiladi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishGorodskaya klinicheskaya infektsionnaya bolnitsa v Kazaxstane
Gorodskaya klinicheskaya infektsionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Videokonferentsiya chogʻida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi masalalar muhokama qilinadi.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Xitoy va Markaziy Osiyo TIV rahbarlari videokonferentsiya shaklida uchrashuv oʻtkazadi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bektemirskiy post GAI - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Karantin 1 avgustdan keyin ham choʻzilishi mumkin – Yusupaliyev

“2020 yilning 16 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferentsiya shaklida boʻlib oʻtadigan “Xitoy – Markaziy Osiyo” birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.

Tadbirda, shuningdek, Xitoy, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari qatnashadi.

Videokonferentsiya chogʻida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi munosabatlarni mustahkamlashning dolzarb masalalarini hamda iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish mexanizmlarini muhokama qilish koʻzda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala