Rossiya

Moskvaliklar COVID-19 ga bepul test topshirishi mumkin

© Sputnik / Denis Abramov / Fotobankka oʻtishTestirovaniye na antitela k koronavirusu
Testirovaniye na antitela k koronavirusu - Sputnik Oʻzbekiston
16 iyuldan Moskva aholisi koronavirusga bepul test topshirishi mumkin. Buning uchun shahardagi 207 ta klinikada test olinadigan shoxobchalar ochiladi.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. 16 iyuldan Moskva aholisi koronavirusga bepul test topshirishi mumkin. Bu haqda shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anastasiya Rakova maʼlum qildi.

Uchenыy mikrobiolog v protsesse issledovaniy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Novosibirsk olimlari virusni toʻxtatuvchi antitanachalarni aniqlashdi

Uning soʻzlariga koʻra, hozir kasallanish soni keskin kamaygan vaqtda imkoniyatlar kengaygan. Shuning uchun uni boshqa yoʻnalishlarga qayta taqsimlash imkoniyati mavjud.

“Moskva meri Sergey Sobyanin tomonidan qaror qabul qilindi. Ertadan boshlab koronavirus infektsiyasiga PZR tahlil topshirishni xohlovchilar buni erkin va bepul bajarishlari mumkin”, - dedi Rakova.

Buning uchun shahardagi 207 ta klinikada test olinadigan shoxobchalar ochiladi.

Soʻnggi sutka davomida Moskvada 628 ta koronavirus holati qayd etilgan. Kasallanganlarning umumiy soni 231 mingdan oshgan. Shundan 167 ming nafari (73 foizi) tuzalib ketgan. Jami 4,2 ming kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala