Dunyoda

Qozogʻiston bozorlarida dumba va yerqalampirga talab keskin oshdi

© Press-slujba akima Yujno-Kazaxstanskoy oblastiProdaja myasa na odnom iz rыnkov v Kazaxstane
Prodaja myasa na odnom iz rыnkov v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Olma-ota bozorlarida aholi koronavirusdan profilaktika vositalari sifatida qoʻy yogʻi, zanjabil va yerqalampirni ommaviy ravishda sotib olishmoqda.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Olma-ota aholisi koronavirusdan profilaktika vositalari sifatida xalq vositalari - qoʻy yogʻi, zanjabil va yerqalampirni ommaviy ravishda sotib olmoqda.

Ovoщi  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirusni oʻldiradigan mahsulot topildi – Frantsiya tadqiqoti

Mahalliy sotuvchilar maʼlum qilishicha, shu kunlarda bu mahsulotlarga talab keskin oshdi. Sputnik Qozogʻiston muxbiri bozorlardan biriga kelib, narx-navolarni oʻrgandi.

Dumba haqida afsona

Sotuvchilarning soʻzlariga koʻra, Olmaota aholisi koʻp miqdorda dumba sotib olishni boshladilar. Taʼkidlash kerakki, ilgari qoʻy yogʻi unchalik koʻp miqdorda sotilmas edi. Koʻpchilik bu mahsulot koronavirus va pnevmoniyani oldini olish uchun samarali vosita boʻlishi mumkinligiga ishonmoqda.

Bundan tashqari, zanjabil va yerqalampir (xren) infektsiyaga qarshi kurashda yaxshi vosita deb hisoblamoqda. Shifokorlar bir necha bor aholi orasida oʻz-oʻzini davolash bilan shugʻullanmaslikni targʻibot qilgan boʻlsada, aholi xalq maslahatlariga ishonib, bozorda tabiiy "dori-darmon"larni izlamoqda.

Glavvrach GKB im. Jadkevicha Aleksandr Myasnikov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qora oʻlatdan oʻzini qanday himoya qilish mumkin – doktor Myasnikov tavsiyalari

“Dumba tez sotilmoqda, olib kelishga ulgurmayapmiz. Narxni uncha koʻtarmadik. Oldin qoʻy yogʻi bir kilosi – 1 800 tanga sotardik, endi esa – 2 000”, - deydi sotuvchilardan biri.

Sotuvchilarning soʻzlariga qaraganda, ilgari qoʻy yogʻi kuniga atigi 2-3 kg sotib olingan boʻlsa, endi bu koʻrsatkich sezilarli darajada oshdi.

“Kecha 9 kilo dumba olib kelishdi. Bugun tushlikkacha hammasini sotib yubordik. Talab bor – odamlar kelib, qoʻy yogʻini soʻrashmoqda. Hatto goʻshtni olishmayapti. Ayrimlar bu virusdan yordam beradimi, deb ham soʻrashmoqda”, - deydi goʻsht sotuvchisi.

Aytgancha, koʻpchilik qoʻy yogʻi haqiqatan ham moʻʼjizaviy xususiyatlarga ega ekanligiga ishonishadi. Koʻpchilik olma-otaliklar dumba shamollashni davolash, oʻpkani tozalash va isitmani pasaytishga yordam berishiga ishonishadi.

Garchi ilgari Rossiya Federatsiyasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Oleg Gridnev bu afsonani rad etgandi. Uning soʻzlariga koʻra, yogʻ virusni davolamaydi va qon quyuqlanishiga salbiy taʼsir qiladi, bu koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarga zarar yetkazishi mumkin, degan edi u Sputnik Qozogʻistonga bergan intervyusida.

Dori oʻrniga yerqalampiri va zanjabilmi?

Bozorlarda zanjabil va yerqalampirga talab sezilarli darajada oshdi. Oʻtgan juma kunidan boshlab olmaotaliklar bu mahsulotlarni ommaviy ravishda sotib olishni boshladi.

Model v grimernoy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojikistonda “Antikovid-19” malham ishlab chiqarildi

"Kimdir messenjerlarda yerqalampir koronavirusning oldini olishga yordam beradi, degan xabarni tarqatdi. Shundan keyin talab oshdi. Narxni koʻtardik - pul ishlash kerak. Ilgari bir bogʻlamini 50 tangaga sotardik, endi - 300 tanga. Odamlar yerqalampirni olish uchun kelib, bu infektsiyani davolash uchun ajoyib vosita, deb aytishmoqda", - deydi sotuvchi.

Zanjabil qozogʻistonliklarning oziq-ovqat roʻyxatida yana paydo boʻldi. Qozogʻistonda bu tendentsiya ikkinchi marta kuzatilmoqda. Birinchi karantin paytida mamlakat aholisi ushbu mahsulotni katta miqdorda sotib olishdi, natijada uning narxi bir necha bor oshdi.

Endi zanjabil bozorda 2000 tangaga sotilmoqda. Bir necha hafta oldin uning narxi ming tangadan oshmagandi.

"Ha, narxni ikki baravar oshirildi, chunki odamlar bir necha soat ichida sotib olishmoqda. Mana tugadi, yana olib kelinishini kutmoqdamiz", - deb qoʻshimcha qildi sotuvchi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala