Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida diplomlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi

© Sputnik / Aleksey PanovObmen papkami s dokumentami
Obmen papkami s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Bitim u kuchga kirgunga qadar berilgan taʼlim hujjatlariga tadbiq etilmaydi (Oʻzbekiston SSR yoki Belarus SSRda berilgan hujjatlardan tashqari), shuningdek, ikki mamlakatda kasbiy faoliyatni amalga oshirish maqsadida tan olish jarayonini bekor qilmaydi.

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Hukumati bilan Belarus Hukumati oʻrtasida taʼlimga oid hujjatlarni, oʻqishga oid hujjatlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi Bitim 2020-yil 13-iyuldan eʼtiboran kuchga kirdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot-xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Senat vakili Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tavsiyasiga eʼtiroz bildirdi

Mazkur xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga tashrifi davomida 2019-yil 1-avgustda imzolangan.

Bitimga muvofiq tomonlardan birining davlat taʼlim muassasalari yoki ilmiy tashkilotlari tarafidan berilgan davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisida hujjatlar boshqa tomon hududida tan olinadi va keyingi darajalardagi tegishli dasturlar boʻyicha oʻqishni davom ettirishga imkon beradi.

Ushbu xalqaro shartnoma ikki mamlakat taʼlim muassasalarida tahsilni davom ettirish istagidagi Oʻzbekiston va Belarus fuqarolari uchun ilm olish yoʻlidagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va qulay shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashadi.

Bunda Bitim u kuchga kirgunga qadar berilgan taʼlim hujjatlariga tadbiq etilmaydi (Oʻzbekiston SSR yoki Belarus SSRda berilgan hujjatlardan tashqari), shuningdek, ikki mamlakatda kasbiy faoliyatni amalga oshirish maqsadida tan olish jarayonini bekor qilmaydi.

Yuqorida koʻrsatilgan Bitimni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi va Belarus Respublikasi Taʼlim vazirligi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala